Bekobod tumanida yashovchi fuqaro G‘aybulla Xudayberdiyevning auksionda sotib olgan yer uchastkasi ustida qurgan savdo do‘koni binosi prokuror tashabbusi bilan buzib tashlangani, ammo ko‘p o‘tmay bino buzilishiga asos bo‘lgan ma'muriy sud qarorlari Oliy sudda bekor bo‘lgan edi.
Kuni kecha tahririyatga Bekobod tumanidan navbatdagi xabar kelib tushdi. Ma'lum bo‘lishicha, Oliy sud qarori ortidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudi o‘zining 2020 yil 17 martdagi binoni majburiy buzish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqib, bekor qilgan. Hozirda Kun.uz mazkur sudning o‘zida mazmunan ko‘rib chiqilayotgan fuqarolik ishi jarayonini kuzatmoqda.

Ammo, hozircha tadbirkorning suyunishiga biroz erta, sababi ma'muriy sud qarorlari Oliy sudda bekor bo‘lganidan keyin, «yengilgan kurashga to‘ymas» qabilida ish tutayotgan tuman prokuraturasi tuman ma'muriy sudiga o‘sha eski vajlar va o‘sha eski talab bilan qaytadan ariza kiritgan.



Bu o‘rinda prokuratura Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks talablarini biroz unutgan ko‘rinadi. Chunonchi, ushbu kodeksning 108-moddasi, 2-qismiga ko‘ra, sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, agar ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, sud ish yuritishni tugatadi.
Arizani kiritishda muddatlarga ham e'tibor qaratish lozim. Boisi MSIYutKning 186-moddasi, 1-qismiga ko‘ra, ma'muriy organning qarori ustidan ariza manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgani to‘g‘risida ma'lum bo‘lgan paytdan e'tiboran uch oy ichida sudga berilishi mumkin. Ustidan shikoyat qilinayotgan qarorlar esa bundan 2 yil muqaddam qabul qilingan. Prokuraturaning ushbu qarorlardan rasman xabardorligiga ham qariyb 1 yildan oshgan.
Shuningdek, Oliy Sud plenumining 2019 yil dekabrdagi «Ma'muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi 24-son qarori 18-bandiga ko‘ra, ma'muriy organlar va ular mansabdor shaxslari qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda,


















