Loyihalashda manfaatlarim inobatga olinmadi – tadbirkor
Surxondaryo viloyatiga safarimiz chog‘ida Sho‘rchi tumanidagi «Sho‘rchi Bozorgon Chiroqchi» MChJ hududidagi yakka tartibdagi tadbirkor Azamat Ibrohimovdan tushgan murojaat e'tiborimizni tortdi. Oynako‘l mahallasida istiqomat qiluvchi bu fuqaro mijozlariga tokarlik-slesarlik xizmatlarini ko‘rsatadi.
2017 yilda tuman markazidagi bozorni qayta qurish ishlari boshlab yuborilgach, uning faoliyatida qiyinchiliklar paydo bo‘la boshladi. Gap shundaki, tadbirkor ustaxonasi yaqiniga yangi binolar barpo qilinishi natijasida hovli maydoni qisqarib, og‘ir va yirik o‘lchamli ehtiyot qismlarini yasashga doir buyurtmalarni qabul qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

«Bu yer maydoni auksionda sotilgan. Keyin men xarid qilganman, ya'ni hokim qarori bilan berilmagan. Bozorning qayta qurish ishlari boshlangandagi rejasi mening manfaatlarimga ziyon yetkazmasdi. Ammo qurish ishlari rejadagidek amalga oshmadi, oqibatda mengacha bo‘lgan yo‘ldan faqat piyoda, nari borsa velosipedda kelish mumkin bo‘lib qoldi.
Murojaatimning maqsadi shuki, bozor loyihasi chizmasini chizganlar nega bizning manfaatlarimizni o‘ylamadi? Biz ham soliq to‘lab yuribmiz-ku, soliq to‘lamagan taqdirimizda, O‘zbekiston fuqarosimiz-ku!» - deydi Azamat Ibrohimov.
Ibrohimovning aytishicha, yonida barpo qilingan binoning 6 kvadrat metri kadastr hujjati bo‘yicha unga tegishli bo‘lsa-da, bu inobatga olinmay, qoziq qoqib berilgan va bino qurilgan. Hokimlik mutasaddilari unga masalani tayinli tushuntirib berishmagan.

«Bozorni qurayotgan yigit kelganida, unga hujjatlarimni ko‘rsatganimda, hujjatlar “bir tiyin”ligini aytdi. Bino qad ko‘tardi. Mutasaddilar orqa tarafdagi yerdan foydalanishni aytishmoqda. Aslida, bu yo‘l emas, balki menga o‘xshagan tadbirkorlarga tegishli binolarning yer maydonlari, ya'ni hovlisi. Bozorning ilk loyihasida bizning ustaxonalar tokarlik ustaxonalar sifatida qayd etilgan edi», – deydi tadbirkor.
Xo‘sh mas'ullar soliq to‘lovchining bu shikoyati yuzasidan nima deydi? Bu savolga javob olish maqsadida Sho‘rchi tuman Qurilish bo‘limi boshlig‘i Najmiddin Mamadiyev bilan uchrashdik.
«Sho‘rchi Bozorgon Chiroqchi» MChJ Sho‘rchi tumanining tasdiqlangan bosh rejasiga ko‘ra, qaytadan rekonstruksiyaga tushgan. Bu ishlar yakuniga yetishiga oz qoldi. Shuningdek, u yerda ozgina “snos” ishlarimiz ham bor. Shundan so‘ng tadbirkor Azamat Ibrohimovga tegishli bino oldi ochiladi.
Bilasiz, binolarni buzish mablag‘ga borib taqaladi. Shundan so‘ng, buziladigan binolar o‘rnida yo‘l qurish ham tugallanadi.
Hozirda uning foydalanishi uchun yo‘l mavjud. O‘sha yerdan foydalanib kelmoqda. Qurilish ishlari batamom poyoniga yetgach, barchasi iziga tushib ketadi», – deydi Najmiddin Mamadiyev.

Uning bildirishicha, bozor kelasi yil bahorda to‘liq qurilib, foydalanishga topshiriladi.
Ammo tadbirkor, bu muammolar uning manfaatlariga to‘la mos keladigan tarzda barham topishiga ishonchsizlik bilan qaramoqda. Umid qilamizki mahalliy hokimlik bu masalada qonunlarga rioya qilinishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi

12:27 / 11.03.2025