Toşkent viloyatida firibgarlik yöli bilan fuqarolarning mulkiy huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga köp miqdorda zarar yetkazgan şaxs faoliyati foş etildi. U odamlarga qarz berib, ulardan 10 barobar köp summaga tilxatlar yozdirib oliş orqali firibgarlik bilan şuğullanib kelgan.
Viloyat IIBB xabariga köra, 1978-yilda Olmaliq şahrida tuğilgan Kim Pavel Leonidoviç köplab fuqarolarga moliyaviy yordam sifatida öz hisobidan pul mablağlarini qarzga berib, özining kafolati sifatida mijozlardan, qarzga bergan pullaridan 10 barobar köp miqdorda pul olgani haqida tilxat yozdirib olişga erişgan.
Jabrlanuvçi fuqarolardan kelib tuşgan murojaat mazmuniga köra, Kim Pavel Leonidoviç fuqaroga 1 000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarni qarz sifatida beradi va 10 ming AQŞ dollari olgani haqida tilxat yozdirib oladi.
Oradan biroz vaqt ötgaç, u fuqaroga bergan pullardan 10 barobar köp miqdorda körsatilgan tilxat bilan fuqarolik sudlariga murojaat qiliş orqali hal qiluv qarorini çiqaradi.
Şu tariqa, uşbu şaxs jabrlanuvçilarning har oylik iş haqini öz manfaati uçun firibgarlik yöli bilan özlaştirib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlariga köp miqdorda zarar yetkazgan.
Jinoyat işi doirasida Kim Pavelga tegişli yaşaş xonadoni hamda iş ofisi örganilganda, fuqarolarga tegişli 100 ga yaqin tilxat, köçmas mulk obyektiga bölgan huquqni beruvçi 55 ta uy-joyning kadastr hujjatlari, 1 dona pnevmatik qurol, şuningdek, Majburiy ijro byurosining 50 ga yaqin fuqarodan pul undiriş töğridagi hujjatlari borligi aniqlandi.

Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan hozirga qadar Kim Pavel Leonidoviçdan jabr kögan 65 nafar fuqaroning arizalari qabul qilindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan uşbu şaxsga nisbatan, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik), 188-moddasi 1-qismi, hamda 205-moddasi 2-qismi «a» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, protsessual tartibda uşlangan. Sud qarori bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











