Surxondaryoda yuzlab odamlarni çuv tuşirgan avtofiribgarlar jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Termiz şahrida faoliyat yuritgan “Surkhan autocenter” MÇJ faoliyati ortida 700 nafardan ortiq vatandoşning 35 mlrd sömdan ziyod mablağini havoga sovurgan firibgarlik tarmoği yaşiringan bölgan.
Iş hujjatlariga köra, hammasi 2022-yilda boşlangan. Avtomaşina oldi-sotdisi bilan şuğullanib kelgan Akmal Törayev 2024-yil boşida öz faoliyatiga qonuniy tus beriş maqsadida “Surkhan autocenter” MÇJni taʼsis etgan. Söngra avtomobil işlab çiqaruvçi korxonalar bilan heç qanday şartnomasi bölmasa-da, odamlardan yangi maşina vaʼdasi bilan milliardlab pullarni jamiyat kassasiga qabul qila boşlagan. Ammo pullar mijozlarga maşina sotib olişga emas, Akmal Törayevning şaxsiy manfaatlariga sarflab yuborilgan.
Vaʼda qilingan muddat yetib kelib, aldangan odamlar şovqin-suron kötara boşlagaç, Törayev yangi bir nayrang öylab topgan. U “ariza qilişini” aytgan ayrim mijozlarga tanişlaridan qimmat narxda maşina sotib olib topşirgan. Söngra uşbu jarayonni videotasvirga olgan holda göyoki hammaga maşinalar vaqtida berilayotgandek qilib körsatgan.
Qayd etilişiça, uşbu jinoyatni Akmal Törayev opasi, akasi, turmuş örtoği, qaynsingili va boşqalar bilan amalga oşirgan.
Holat yuzasidan Termiz şahar IIB Tergov bölimi tomonidan firibgarlik va boşqalar bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Jinoyat işi JIB termiz şahar sudida körib çiqilgan. Sudning 2026-yil 1-iyuldagi hukmi bilan sudlanuvçilar juda köp miqdorda firibgarlik, soliqlarni yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş, pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat, savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş hamda hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş jinoyatlarida aybli deb topilgan.
5 nafar sudlanuvçining biriga 9,5 yil, biriga 5 yil hamda 3 nafariga 6 yil 2 oydan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Iş böyiça yetkazilgan zararni qoplaş maqsadida viloyat IIB depozit hisob raqamiga tölangan 155 mln 979 ming söm pul mablaği 462 nafar jabrlanuvçiga 337 ming sömdan berilişi belgilangan. Şuningdek, sudlanuvçilardan yuzlab jabrlanuvçilar foydasiga yetkazilgan zararni qoplaş nazarda tutilgan.












