Joriy yil yanvar oyida 10 kun davomida Şahrisabz şahar hokimi vazifasini bajargan Sabrina Tursunova rahbarlik lavozimiga tayinlangan.
Yoşlar işlari agentligi Qaşqadaryo viloyati boşqarmasining ma'lum qilişiça, Sabrina Tursunova agentlikning Şahrisabz şahar bölimi boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlangan.
S.Tursunova 1996 yil Şahrisabz şahrida tuğilgan. 2016–2020 yillarda Özbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olgan.
U 2020 yildan buyon Şahrisabz şahridagi 11-umumiy örta ta'lim maktabida rus tili fani öqituvçisi vazifasida işlab kelgan.
Ma'lumot uçun, Sabrina Tursunova joriy yil yanvar oyida 10 kun muddatda tajriba tariqasida Şahrisabz şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajargan edi.












