Mazkur tibbiyot markazida bir kunda 25 tagaça jarrohlik amaliyotini ötkaziş mumkin. 4 ta yuqori texnologiyali operatsion blok va 6 ta reanimatsiya bölimi mavjud. Klinikaga hozirça Özbekistonda yagona bölgan sun’iy intellektli ultratovuş apparati olib kelingan. 10 nafarga yaqin xorijlik şifokor doimiy faoliyat uçun jalb etilgan. Kun.uz muxbiri şifoxonada bölib, operatsiya jarayonlari, laboratoriya va sterilizatsiya zonalari, bemorlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Qaşqadaryoning tarixiy Şahrisabz şahri endi faqat me’moriy obidalari bilan emas, zamonaviy tibbiyot infratuzilmasi bilan ham e’tibor markazida. Uşbu hududda 2025 yil bahorida iş boşlagan “Oqsaroy” kardio-tibbiyot markazi yurak-qon tomir kasalliklarini zamonaviy darajada taşxislaş va davolaş imkoniyatini yaratmoqda. Markaz xorijiy investor – rossiyalik hamkorlar kömagi bilan 10 million dollar evaziga barpo etilgan bölib, tibbiyot sohasida mintaqa uçun yangi model sifatida körilmoqda.

Bir kunda 25 ta operatsiya

Klinikada törtta zamonaviy jarrohlik xonasi va oltita yuqori darajadagi reanimatsiya bölimi faoliyat körsatadi. Operatsiya bloklari xalqaro standartlar asosida loyihalangan: ularda oddiy yurak jarrohligidan tortib, eng murakkab, yuqori aniqlik talab qiluvçi amaliyotlarni ham bajariş mumkin.

Xonalar katetirizatsiya laboratoriyasi, angiografiya tizimi, 3D-navigatsiya uskunalari, intraoperatsion ultratovuş, şuningdek, yurakni ma’lum muddat davomida sun’iy işlatib turuvçi kardiopulmonar apparatlar bilan jihozlangan. Bu jarrohga yurakni vaqtinçalik töxtatib, murakkab rekonstruktiv operatsiyalarni xavfsiz bajariş imkonini beradi.

“Jarrohlik bölimi şaroitlari poytaxtdagi yirik markazlar darajasiga teng. Uşbu jihat Şahrisabz va butun Qaşqadaryo viloyati aholisi uçun yuqori texnologik yurak operatsiyalarini Toşkentga bormasdan ötkaziş imkonini yaratadi. Klinikada bir kunda 25 tagaça jarrohlik amaliyotini bajariş mumkin. Buning uçun barça kerakli jihozlar, tibbiy asbob-uskunalar va malakali mutaxassislar yetarli. Bizda eng muhim tamoyil — xavfsizlik hamda aniqlik. Har bir bemor uçun operatsiyaga individual tayyorgarlik algoritmi mavjud va texnika bizga muolajalarni nazorat ostida bajariş imkonini beradi”,