Bu Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşining 2026-yil 30-oktabrdagi VII-28-180-14-0-K/26-son qarorida belgilangan.

«Toşkent metropoliteni»ga 20-noyabrga qadar «Çilonzor», «Özbekiston», «Yunusobod» va yer usti halqa yölida poyezdlarni beş vagonli qilib şakllantiriş hamda intervallarni qisqartiriş böyiça çora-tadbirlarni belgilaş topşirilgan. Hujjatda tiğiz vaqtlar sifatida soat 07:30–09:30, 12:00–14:00 va 17:00–19:30 oraliqlari körsatilgan.

Avtobuslarda esa ertalabki 07:00–09:30 va keçki 17:00–19:30 oraliğida asosiy yönalişlarga qöşimça transport çiqariş orqali qatnov intervalini 3–5 daqiqagaça qisqartiriş maqsad qilingan. Qarorda 15-noyabrdan boşlab şu böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiş belgilangan.

Şuningdek, 20-dekabrga qadar yölovçilar oqimi yuqori bölgan 25 ta yönalişga katta siğimli, böğinli avtobuslarni safarbar etiş tavsiya qilingan. Bunda Uçtepa, Mirobod, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi asosiy yöllarga alohida eʼtibor qaratiladi.

20 ta avtobus yönalişida keçki qatnovni soat 23:00 gaça uzaytiriş masalasi ham körib çiqiladi. Masʼullarga 1-dekabrga qadar buni mavjud imkoniyatlar doirasida örganiş topşirilgan.

Röyxatga 1-, 14-, 18-, 21-, 24-, 28-, 38-, 44-, 46-, 51-, 58-, 67-, 72-, 85-, 93-, 98-, 115-, 118-, 131- va 147-sonli yönalişlar kiritilgan. Keçki qatnovlarda avtobuslar oraliği 15–20 daqiqadan oşmasligi, jadvallar bekatlar va raqamli ilovalarda eʼlon qilinişi belgilangan.

Qarorga köra, 1-noyabrdan jamoat transporti uçun ajratilgan «A» yölaklarida şaxsiy avtomobillarning noqonuniy harakatlanişi va töxtab turişiga qarşi reydlar kuçaytiriladi. 15-dekabrga qadar esa avtobuslarning old qismiga qoidabuzarliklarni harakat vaqtida avtomatik qayd etuvçi kameralar örnatiş va ularni YHXB yagona bazasiga ulaş amaliyoti yölga qöyilişi kerak.

Hujjatda haydovçilarning nogironligi bölgan yölovçilarga pandusni oçib berişi xizmat majburiyati sifatida belgilanişi ham nazarda tutilgan. Bundan boş tortgan haydovçilarga intizomiy çora köriş topşirilgan.

Qarorda oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali qariyb 3 ming kişi iştirokida ötkazilgan sörov natijalari ham keltirilgan. Qatnaşçilarning 85,4 foizi tiğiz vaqtlarda haddan taşqari gavjumlikni, 32 foizi esa bekatda 20 daqiqadan ortiq kutişni qayd etgan. Ayni paytda, iştirokçilarning 79 foizi transport tizimini umumiy hisobda «qulay» yoki «juda qulay» deb baholagan.