Koronavirus va pnevmoniya: Kunlik kasallanish holatlari soni 1200ga yaqin, yana 4 bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 698 kishida koronavirus, 478 kishida pnevmoniya qayd etilgani, 4 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 20 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121329 (+698) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 16 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 87 nafari Jizzax viloyatida,
- 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 15 nafari Navoiy viloyatida,
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 65 nafari Samarqand viloyatida,
- 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 84 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 79 nafari Toshkent viloyatida,
- 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Bu kunlik koronavirus va pnevmoniya holatlari (+1176) bo‘yicha navbatdagi antirekorddir. Bundan avvalgi antirekord 20 iyul kuni qayd etilgan, bir kunda 658 kishida (undan oldingisi 19 iyul kuni - 585 holat) COVID-19, 465 kishida pnevmoniya (jami +1123) tasdiqlangandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 55 nafar,
- Jizzax viloyatida 65 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
- Navoiy viloyatida 16 nafar,
- Namangan viloyatida 55 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 68 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 35 nafar,
- Toshkent viloyatida 52 nafar,
- Toshkent shahrida 99 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 116009 (+495) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 810 nafarni tashkil qildi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 4,5 mingdan oshiq.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 09:20
-
AQSh va YeI Moskvaga bosimni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 08:52
-
2024 yilda eng ko‘p soliq to‘lagan elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar ochiqlandi
Iqtisodiyot | 08:49
-
YeK Rossiyadan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga boj joriy etishni taklif qildi
Jahon | 08:22
Mavzuga oid
22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi
16:38 / 03.12.2023
Xorazmda 20 yoshli talaba pnevmoniyadan vafot etdi
18:55 / 27.11.2023
Xitoyda bolalar pnevmoniyasi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir emas – JSST
18:31 / 23.11.2023