Özbekistonda elektron xizmatlar körsatuvçi xorijiy kompaniyalar 2024 yilda qariyb 116 milliard söm soliq töladi, deb xabar beradi Soliq qömitasi.

Qayd etilişiça, mamlakatda elektron xizmatlar körsatuvçi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yilda 115,8 milliard söm soliq tölangan — bu 2023 yilga nisbatan 1,5 barobar köp. Şu bilan birga, uşbu kompaniyalar tomonidan körsatilgan xizmatlar hajmi ham 1,5 baravarga ösib, 959 milliard sömni taşkil etgan.

Meta kompaniyasi eng köp soliq tölagan kompaniya aylandi — 41,71 milliard söm. Undan keyingi örinlarni Google (28,9 milliard söm) hamda Apple (27,3 milliard söm) kompaniyalari egallagan.

Şuningdek, 2021 yilning yozidan beri Özbekistonda rasman bloklangan, ammo 2023 yilda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötgan TikTok ijtimoiy tarmoği ötgan yil davomida 903 million söm soliq tölab, eng yirik soliq tölovçilar öntaligiga kirgan.

Tölangan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar körsatuvçi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga töğri kelgan:

  • Meta — 41,7 mlrd söm;
  • Google — 29 mlrd söm;
  • Apple — 27,3 mlrd söm;
  • Amazon — 4,1 mlrd söm;
  • Booking.com — 3,6 mlrd söm;
  • Netflix — 1,4 mlrd söm;
  • Zoom — 1,4 mlrd söm;
  • Acca — 1,2 mlrd söm;
  • Xsolla — 966,7 mln söm;
  • TikTok — 903 mln söm.

«Elektron xizmatlar körsatuvçi çet el yuridik şaxslari ötgan çorakdan keyingi oyning 20-kunidan keçiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni tölaydi», — deyiladi xabarda.