AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas «Ukrainada adolatli va mustahkam tinçlikka» erişiş uçun Rossiyaga «maksimal bosim»ni davom ettirişga kelişib oldi. Bu haqda YeI vakili 28 yanvar, seşanba kuni Rubio va Kallas örtasidagi birinçi telefon suhbatidan söng ma’lum qildi, deb yozadi AFP.
Ikkala diplomat ham «asosiy global muammolar, jumladan, Rossiyaning Ukrainadagi uruşi, Yaqin Şarqdagi vaziyat va Xitoy tomonidan qöyilayotgan muammolar böyiça Yevropa Ittifoqi va AQŞ örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş» muhimligini ta’kidladilar», deya ma’lum qildi Bryussel.
Suhbat davomida Kallas öz suhbatdoşiga Yevropa komissiyasi Rossiyadan qişloq xöjaligi mahsulotlari va öğitlarga bojlarni oşirişni taklif qilganini aytdi. Yangi bojlar «ehtimol, Rossiyaning eksport daromadlariga va Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruş olib boriş qobiliyatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin», deyiladi bayonotda.
Tramp Ukrainadagi uruşni 100 kun içida tugatiş niyatida
AQŞ prezidenti lavozimiga kirişganidan bir neça kun ötgaç, Donald Tramp Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili, iste’fodagi general Keyt Kellogga Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini 100 kun içida tugatişni buyurdi, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ) 22 yanvar kuni. Jurnalistlarning qayd etişiça, Putin bilan kelişuv tuziş Tramp saylovoldi taşviqoti paytida Oq uyga qaytganidan keyin 24 soat içida Ukrainadagi uruşni tugatişga va’da berganidan keyin qiyinroq böladi.
Avvalroq AQŞ yangi davlat kotibi Marko Rubio uruşni tugatiş AQŞning Donald Tramp prezidentligi davridagi «rasmiy siyosati» bölişini aytgan edi.












