Namangan viloyati hokimi 2023 yil 15 fevral kungi qarori bilan Özbekiston xalq artisti Abduhoşim Ismoilovning 70 yillik yubileyini ötkaziş uçun viloyat budjeti zaxira mablağlari hisobidan 150 mln söm ajratdi. Şavkat Abdurazzoqovning bu haqdagi farmoyişiga bloger Zafarbek Solijonov e’tibor qaratdi.

Hujjatga köra, viloyat Madaniyat boşqarmasining xati inobatga olinib, san’atkorning 70 yilligiga bağişlangan konsert dasturi munosabati bilan Namangan şahridagi “Navbahor” tantanalar majmuasida bayram dasturxoni taşkil etiş közda tutilgan. Tadbirni ötkaziş bilan boğliq xarajatlarga viloyat budjeti zaxira jamğarmasi mablağlari hisobidan 150 mln söm mablağ ajratilgan.

E’tiborlisi, sozanda va bastakor, 1990 yilda Özbekiston xalq artisti unvonini olgan Abduhoşim Ismoilov 1952 yil 9 iyunda Farğona viloyatining Quva tumanida tavallud topgan.

Iyun oyida san’atkor 71 yoşni qarşi oladi. 70 yoşga kirganiga qariyb 1 yil bölayotgan san’atkorning “70 yillik yubileyi”ga mahalliy budjetdan mablağ ajratiş Namangan viloyati hokimiga nega kerak bölib qoldi?

Qolaversa, Şavkat Abdurazzoqovning bu “saxiyligi” – Ismoilovning tuğilgan kunini nişonlaş böyiça xalqning çöntagidan pul ajratiş bilan boğliq uçinçi holat.

Abduhoşim Ismoilovning 70 yilligi birinçi bor 2022 yilning iyun oyida Toşkent şahrida ötkazilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 29 apreldagi tegişli qarori bilan atoqli olimlar, madaniyat va san’at sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nişonlaş hamda ular faoliyatini keng tarğib qiliş dasturi tasdiqlangan. Unga köra, 2022 yil iyun oyida Abduhoşim Ismoilovning 70 yilligi nişonlangan hamda tadbir Madaniyat vazirligining har yilgi madaniy tadbirlar uçun ajratilgan budjet mablağlaridan moliyalaştirilgan.

2023 yilning 17 yanvar kuni esa Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyişi asosida sozandaning 70 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan konsert dasturi xarajatlari uçun viloyat mahalliy budjetining zaxira jamğarmasi hisobidan 89 mln söm ajratilgan.

Bozorovning bu farmoyişida prezidentning 2020 yil 26 maydagi farmoni niqob qilib olingan. Göyoki prezident farmoni ijrosini ta’minlaş uçun xalq artistining yubileyiga 89 mln söm ajratilgan.

Ammo prezidentning bu farmoni öz nomi bilan madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi örnini yanada oşirişga qaratilgan, xalqning puliga artistlarning yubileyini ötkazib berişga emas.

Avvallari san’atkorlarning yubileylarini hokimlar xalqning pulidan ötkazib bermagan. Bu kabi holat endi kuzatilmoqda.

Yubileyi takror-takror bepul ötkazib berilayotgan san’atkorning töylarga çiqiş narxi bilan ham qiziqib kördik. Ma’lum bölişiça, Abduhoşim Ismoilov 15 daqiqalik “birrov” dasturi uçun poytaxtdagi töylarda 600 dollar, Farğona viloyatida esa 2 600 dollar oladi.

Hokimlarning budjet mablağlarini bu kabi “soçib taşlayotgani” aholining ğazab va e’tirozlariga sabab bölişi mumkin. Çunki bitta yubiley uçun 150 mln söm ajratilib turgan bir paytda viloyatning istalgan hududidan isitilmaydigan maktab, boğça, suvi bormagan köça, devorlari tökilib tuşgan şifoxonalarni topiş mumkin.

Ruslan Saburov,
Kun.uz muxbiri