Farğonadagi “Garden Catering Trade” MÇJ mansabdorlariga oid jinoyat işi kassatsiya instansiyasida körib çiqildi. Bu haqda Farğona viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, kassatsiya instansiyasining hukmi bilan JIB Furqat tuman sudining 2026-yil 21-sentabrdagi “Garden Catering Trade” MÇJ rahbari Ş.T. va texnologi R.A.ga oid qismi bekor qilinib, ularga nisbatan yangi ayblov hukmi çiqarilgan.
Unga köra, Jinoyat kodeksining 59 va 61-moddalari tartibida MÇJ rahbari Ş.T.ga 4 yil, texnologi R.A.ga esa 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Kun.uz avvalroq 105 bolaning boğçada ovqatdan zaharlanişiga sababçi bölgan uşbu şaxslar sud zalida qamoqdan ozod qilingani haqida xabar bergandi. Jinoyat işini körib çiqqan JIB Furqat tuman sudining 2026-yil 21-sentabrdagi hukmi bilan aybdorlarga axloq tuzatiş işlari va ozodlikni çeklaş bilan boğliq jazo tayinlab, ular sud zalida qamoqdan ozod qilingandi.
Sudlanuvçilar bolalarning ommaviy zaharlanişiga sabab bölgan qilmişdan taşqari öğrilik, özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş, hujjatlarni qalbakilaştiriş kabi jinoyatlarni sodir etişda ham aybli deb topilgan.
Şundan söng Farğona viloyati sudlari holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, sudlanuvçilarga “qonunda belgilangan sanksiya doirasida tegişli jazolar tayinlangan”ini bildirgandi.
“Taʼkidlaş joizki, jazo tayinlaşda sudlanuvçilarning qilmişidan çin köngildan puşaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi, jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararning töliq qoplanganligi, şuningdek, jabrlanuvçilarning qonuniy vakillari tomonidan daʼvolar mavjud emasligi bildirilganligi inobatga olingan”, deyilgandi bayonotda.
Voqealar xronologiyasi
2026-yil 20-fevralda Farğona şahridagi ayrim davlat boğçalarida bolalarning ommaviy zaharlanişi yuz bergandi









