Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida 100 mln dollarlik 5 ta loyiha istiqbolsiz deb topildi
Senat qo‘mitasida Vengriya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi muhokama qilindi.

Foto: Dunyo
Senat Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi kengaytirilgan majlisida Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning 2021 yil 29-31 mart kunlari O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan “Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan Investitsiyalar vazirligi axboroti eshitildi.
Vengriya bilan umumiy qiymati 134 million dollarlik 26 ta bitimni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu investitsiyalar jalb qilinishi oziq-ovqat sanoati, qurilish sanoati, hududlar kommunal infratuzilmasi korxonalarini modernizatsiya qilishni boshlash, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish imkonini berdi. Senatorlar va mahalliy kengashlar deputatlari tomonidan loyihalarni o‘rganish, investorlar bilan uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha qator investitsiya loyihalari va eksport shartnomalari bajarilmagani va jiddiy sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani aniqlandi.
Eshituv davomida “Yo‘l xaritasi” ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, mas’ul boshqarmalar va hududlar faoliyatiga baho berildi. Xususan, turli sabablarga ko‘ra umumiy qiymati 23 million dollarlik 6 ta investitsiya loyihasi belgilangan muddatdan kechikmoqda. Bir qator vazirlik va idoralar harakatsizligi, loyihalar sifatsiz ishlab chiqilishi sababli 100 million dollarlik 5 ta loyiha istiqbolsiz, deb topildi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun Veterinariya qo‘mitasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hokimliklari mas’ul etib belgilangan.
Senatorlar investitsiya loyihalari va savdo bitimlarini samarali amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarga e’tibor qaratdi. Loyiha hujjatlari bosqichma-bosqich va o‘z vaqtida ishlab chiqilishi yetarli darajada ta’minlanmaganida ifodalanadigan byurokratiya yuqori darajasi moliyalashtirishni boshlash, mablag‘larni o‘zlashtirish kechikishiga olib kelmoqda, ishlab chiqarish quvvatlari o‘z vaqtida ishga tushirilmayapti. Investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslash va biznes-rejalarni shakllantirish o‘z vaqtida emasligi va xalqaro standartlarga mos kelmasligi holatlari qayd etildi.
Majlis yakunlari bo‘yicha Senat qo‘mitasi tegishli qarori qabul qilindi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni talab qildi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
-
🔴LIVE: “Ular meni qo‘rqitolmaydi” – Tramp | “Geosiyosat”
Jahon | 15:16
-
Putin Fitsodan Ukrainani energiya resurslaridan mahrum etishni talab qildi
Jahon | 15:06
Mavzuga oid

13:56 / 28.08.2025
Vengriya Kiyevga yordam sababli YeIga qarshi da’vo bilan chiqdi

13:00 / 25.08.2025
«Drujba»: Kiyev Vengriyani Zelenskiyga nima qilish kerakligini o‘rgatmaslikka chaqirdi

13:44 / 22.08.2025
Ukraina Rossiya neftini Vengriyaga yetkazuvchi «Drujba» quvuriga yana zarba berdi

00:14 / 15.08.2025