Ukraina dronlari Rossiyaning Bryansk viloyati, Uneç şahridagi «Drujba» neft quvurining neft haydaş stansiyasiga yana zarba berdi.

UQK uçuvçisiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi öz telegram-kanalida dronlar zarbasi haqida xabar berar ekan, xususan, venger tilida «Ruslar uyga daf bölinglar!», deb yozdi.

Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto 22 avgust kuni ertalab feysbukda «Döstlik» quvuri orqali Rossiyadan neft yetkazib beriş yana töxtatilganini ma’lum qildi.

«Bu mamlakatimiz energetika xavfsizligiga yana bir hujumdir. Bizni uruşga tortişga navbatdagi uriniş. Ularning qölidan heç narsa kelmaydi! Biz tinçlikka erişişga qaratilgan sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaşda va milliy manfaatlarimizni bor kuçimiz bilan himoya qilişda davom etamiz!», deb yozdi Vengriya taşqi işlar vaziri.

Rossiya Mudofaa vazirligi 21 avgust kuni keçqurun Bryansk viloyati ustida ikkita dron urib tuşirilgani haqida xabar bergan edi.

Ilgari Ukraina dronlari 18 avgust kuni «Drujba» neft quvuriga zarba bergan edi. Şunda neft yetkazib beriş töxtatildi, ammo 20 avgustga kelib quvur yana işga tuşdi. Bungaça dronlar 13 avgustga ötar keçasi Uteçdagi neft haydaş stansiyasiga hujum qilgandi.

«Drujba» quvuri orqali Rossiya neftini Vengriyadan taşqari Slovakiya ham oladi.