Ikkinchi mutaxassislikka hujjat qabul qilish 10 avgustdan boshlanadi
Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta'lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi.

2020-2021-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 10 avgustidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma'lum qildi.
“Davlat komissiyasiga ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat qabul qilish jarayoni joriy yilning 10-31 avgust kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha taklif kiritdik. Taklifimiz qanoatlantirildi. Hujjatlar qabul qilinishi ko‘rsatilgan muddatlarda onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta'lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bo‘lsa, imtihonlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul amalga oshiriladi”, - dedi Xoliqov.
Vazir Inomjon Majidovning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi mutaxassislikka qabul qilish jarayoni murakkab bo‘lmaydi. Har bir oliy ta'lim muassasasi abituriyentning salohiyatini o‘z mezonlari asosida baholaydi, qancha talaba qabul qilishni ham o‘zi hal qiladi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
21−22 mart kunlari elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov qilishda uzilishlar bo‘ladi
Jamiyat | 15:36
-
Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi
Sport | 15:28
-
Tramp AQSh Ta’lim vazirligini tugatish to‘g‘risida farmon imzolamoqchi
Jahon | 15:28
-
O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston | 15:21
Mavzuga oid

12:02 / 11.07.2024
Ikkinchi mutaxassislik uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi

00:18 / 16.11.2020