2024/2025 öquv yilida ikkinçi va undan keyingi ta’lim uçun talabgorlarni onlayn röyxatdan ötkaziş boşlanadi, Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi. Talabgorlar my.edu.uz orqali joriy yilning 10 avgustigaça hujjat topşirişlari mumkin.

Nomzodlardan onlayn platformaga quyidagi ma’lumotlarni kiritişlari talab qilinadi.

– özining pasport ma’lumotlari, JŞŞIR ma’lumoti haqida axborot;

– diplom va uning ilovasining elektron nusxasi;

– öqiş istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişi.

Ikkinçi va undan keyingi oliy ma’lumot böyiça öqitiş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Ma’lumot uçun, ikkinçi va undan keyingi oliy ta’lim böyiça qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengaşi tomonidan belgilanadi.