30 Noyabr

21:30

Vazirlar, hokimlar va boshqa amaldorlar yana Senatda (fotoreportaj)

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisi yakunlandi. 19 ta masala muhokama qilingan yig‘ilish Senatning  veb sayti, YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi. Batafsil

18:53

Samvel Babayan: «Xitoyning «Changchung Yatay» klubida ish boshlayman»

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Paxtakor»ga (0:0) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida faoliyatini Xitoyda davom ettirishini e'lon qildi.  Batafsil

16:42

«Toshkent-Samarqand» yo‘nalishidagi pulli yo‘l qurilishi nega cho‘zilib ketganiga izoh berildi

Senator Sharifjon Yo‘ldoshev Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elyor G‘aniyevdan xorijlik hamkorlar bilan birga amalga oshirilishi aytilgan “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishidagi pulli yo‘l qurilishi qaysi bosqichda ekani, nega ushbu loyihani amalga oshirish cho‘zilib ketgani haqida so‘radi. Batafsil

15:50

«Beverli» sotayotgan korall kalsiysi har dardga davomi? Vazirlik va olimlar munosabat bildirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqda O‘zbekistonga chetdan olib kelinayotgan korall kalsiysi juda ko‘p dardlarga shifo bo‘lishi, odamlar ushbu biologik faol qo‘shimchani sotib olish uchun navbatga turib, uni qimmat narxlarda sotib olayotgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi. Batafsil

13:15

Senat 2020 yil uchun davlat budjetini ma'qulladi 

Oliy Majlis Senati “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ma'qulladi. Batafsil

12:31

O‘zbekistonning asosiy tashqi qarzi OTB, Jahon banki, Xitoy va Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelishi ma'lum qilindi

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tayotgan yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi a'zosi Abduqodir Toshqulov vazirliklar va idoralar olingan tashqi qarzlarni nechog‘li samarali, maqsadli ishlatayotgani, bu qanday nazorat qilinayotgani bilan qiziqdi. Batafsil

11:21

Qo‘chqorov: 2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi

2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori hududlarning aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida ma'lum qildi. Batafsil

10:57

O‘zbekistonda rahbarlar ishiga baho berib borish tizimi joriy etiladi

“Davlat boshqaruvida ilg‘or davlat menejmenti va “aqlli” boshqaruv prinsiplarini bosqichma-bosqich joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi. Batafsil

10:27

Tanzila Norboyeva: «Jurnalistlar bilan muloqotni odat qilishimiz, etika qoidalariga qat'iy amal qilishimiz zarur»

Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.  Batafsil

10:17

Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumani tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda deputatlar Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanini tashkil etish hamda Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari hududlari chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar. Batafsil

09:13

Madrid – Barselona, Grizmann «Atletiko»ga qarshi. Haftaning eng muhim 4 o‘yini prevyusi­

Hafta o‘rtasidagi Yevrokuboklardagi o‘yinlardan keyin dam olish kunlarida ham muxlislarni bir qator markaziy o‘yinlar, azaliy raqiblar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Tribuna.uz «uik-end»da quyidagi to‘rtta uchrashuvni o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qiladi. Batafsil

07:42

O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasini import qilishga qaror qildi

O‘zbekiston “Turkmanenergo” bilan kelishuvga erishdi, 1 dekabrdan elektr energiyasi ta'minotida ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi. Batafsil

00:52

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toshkentdagi uchrashuvda nimalarga kelishib olishdi?

29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Batafsil

29 Noyabr

20:50

«Profilaktika inspektorlariga berilgan avtomobillar xarajati novvoy va somsachilarning bo‘ynida» - Senator

Joriy yilning 9 oyi mobaynida voyaga yetmaganlar tomonidan 479ta jinoyat sodir etilgan. Batafsil

20:30

Toshkentda tadbirkor va turkiyalik investor binodan ayrilishi mumkin. Muammo qanday hal qilinadi?

Kun.uz tahririyatiga Toshkent shahrining Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi 52-blokda faoliyat yurituvchi «All Solar» xususiy korxonasi rahbari Muzaffar Tilavov murojaat yo‘lladi. Batafsil

19:20

O‘zbekistonning chet eldagi vakolatxonalari tomonidan mamlakat fuqarolariga pasport berish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Bugun, 29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan parlament yuqori palatasi qo‘mitalarining yig‘ilishlari o‘tkazilib, unda yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi va mas'ullarning hisobotlari tinglandi. Batafsil

19:00

Istiqboli ko‘rinmayotgan istiqbolliklar. Samarqand markazidagi jarlikda «jon saqlayotganlar» haqida

Samarqand chiroyli shahar, juda chiroyli shahar. Shuning uchun yiliga yarim milliongacha sayyohlar bu ko‘hna shaharni tomosha qilish uchun dunyoning to‘rt tomonidan kelishadi. Ammo bu shaharda bir mahalla borki, u yerga borsangiz, tushkunlikka tushib qolasiz... Batafsil

16:40

Onalar o‘limining yarmi shifokorga vaqtida murojaat qilmaslik bilan bog‘liq – Elmira Bositxonova

Bugun, 29 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlik muhitini yanada yaxshilash» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Batafsil

16:20

Bola asrab olmoqchimisiz? Unda tutingan ota-onalar kursida o‘qing

Joriy yilning 1 noyabridan boshlab har bir viloyatdagi mavjud Mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslari yo‘lga qo‘yildi. Batafsil

16:00

Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro yaqinlashuvini ortga qaytmaydigan jarayon deb atadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muzokaralari kengaytirilgan tarkibda davom etdi. Batafsil

15:20

«Arsenal» Emerini ishdan bo‘shatdi

«Arsenal» bosh murabbiyi Unai Emeri iste'foga chiqarildi. Batafsil

14:52

2019 yilda qancha o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlashga ketdi?

Rossiya migrantlar soni bo‘yicha Germaniyadan keyin Yevropada ikkinchi o‘rinda - 11 milliondan ortiq kishi. Eng katta guruh (3 milliondan ortiq kishi) Ukrainadan kelgan muhojirlardir, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkilotining Jyenevada chorshanba kuni e'lon qilingan hisobotida. Batafsil

14:33

Uyi buzilgan zangiotaliklar nimadan norozi bo‘lishdi?

 «Qushning ham uyasi buzilmasin», deydi xalqimiz. Uyi buzilgan qush chirqirab dunyolarni buzadi. Qush-ku, qush, odamning uyi buzilsa-chi? Qahraton qishda ko‘chada qolgan odamlar dodini kimga aytsin? Batafsil

13:14

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida muhim takliflar bilan chiqdi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Batafsil

09:30

Kanadada bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan kichik samolyot quladi. Ularning barchasi halok bo‘ldi

Joriy yilning 27 noyabr kuni kechqurun Ontarioning Markxem shahridan Kvebek provinsiyasining Kvebek shahri tomon parvoz qilgan samolyot Kingston yaqinidagi o‘rmonli hududga quladi. Hodisa oqibatida yetti nafar o‘zbekistonlik, shu jumladan uch nafar yosh bola halok bo‘ldi. Batafsil

02:38

Tramp Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi 

AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonga kutilmagan tashrif bilan keldi. Batafsil

28 Noyabr

22:20

«Bu – tabaqalanishning ko‘rinishi, qarshimiz», «Biz yoqlaymiz» - Partiyalar OTMga kirishdagi imtiyozlar bo‘yicha ikki xil fikrda

Bugun, 28 noyabr kuni Toshkentdagi «Zarafshon» konsert zalida siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida «Oliy ta'lim tizimi: mavjud muammolar va ularni hal qilish yo‘llari mavzusida «Demokratik debat» tok-shousining navbatdagi soni suratga olindi.  Batafsil
Top