Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muzokaralari kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev majlis iştirokçilarini qutlar ekan, ikkinçi Maslahat uçraşuvining ötkazilişi manfaatlarning özaro muştarakligi, mamlakatlarimiz mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari böyiça oçiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilişga tayyor ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlaşini ta'kidladi.

Markaziy Osiyo doimo özining boy madaniy-tarixiy merosi bilan Yevropa, Yaqin Şarq, Janubiy va Şarqiy Osiyoni boğlaydigan noyob köprik bölib xizmat qilib kelgani qayd etildi. Bugungi kunda mintaqada ulkan tabiiy zaxiralar, katta insoniy salohiyat mavjud, dunyoning özaro raqobatga kirişayotgan qudratli davlatlari manfaatlari kesişgan. 

Şu va boşqa omillar, şuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka ta'sir etadigan yirik beqarorlik öçoqlari bevosita yaqin hududlarda joylaşgani mintaqa mamlakatlari oldiga barqarorlik, yangi xavf-xatar va tahdidlar vujudga kelişi, bunday şaroitda mintaqaviy hamkorlik qanday olib boriş kerakligi xususida murakkab masalalarni qöymoqda.

– Siyosiy iroda va amaliy qadamlarimiz tufayli biz hamkorlikning yanada yuqori bosqiçiga kötarilmoqdamiz, – dedi davlat rahbari. – Bizning hamjihatligimiz va faol sa'y-harakatlarimiz köpqirrali mintaqaviy hamkorlik uçun yangi imkoniyatlarni oçib berdi. Biz qisqa muddatda birgalikda, amalda oldinga siljişga erişdik.

Xususan, Özbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboşlaş hajmi sönggi yillarda 2 barobarga, qöşma korxonalar soni 4 barobarga ösdi. Birgalikdagi sa'y-harakatlar bilan çegaralarning huquqiy rasmiylaştiriş işlari yakunlaniş arafasida, oltmişga yaqin ötiş punktlarining tölaqonli faoliyati ta'minlandi, vizalar bekor qilindi. Işbilarmonlik va hududlararo aloqalar, transport qatnovlari, madaniy-gumanitar almaşinuvlar kengayib bormoqda.

Ötgan yili Özbekistonda birinçi Markaziy Osiyo iqtisodiy forumi hamda mamlakatlarimizning boş vazirlari örinbosarlari darajasida Işçi guruhning dastlabki uçraşuvi bölib ötdi. 

Bularning barçasida barqaror bir tendensiya – davlatlarimizning mustaqil roli va umumiy kelajak uçun mas'uliyati kuçayib borayotgani namoyon bölmoqda, deb ta'kidladi Prezident Şavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy va global masalalar böyiça tobora köproq umumiy pozitsiyadan turib fikr bildirayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.