Hafta örtasidagi Yevrokuboklardagi öyinlardan keyin dam oliş kunlarida ham muxlislarni bir qator markaziy öyinlar, azaliy raqiblar örtasidagi qarama-qarşiliklar kutib turibdi. Tribuna.uz «uik-end»da quyidagi törtta uçraşuvni ötkazib yubormaslikni tavsiya qiladi.

«ZeNIT» - «SPARTAK»
Rossiya Premer-Ligasi
18-tur. 1 dekabr (yakşanba)
Öyin boşlaniş vaqti: 21:00
TV-translatsiya: «Matç» TV

Eldor Şomurodovning «Rostov»dagi faoliyati bois, özbekistonlik futbol muxlislarining Rossiya Premer-ligasiga bölgan qiziqişi yanada oşdi. Sönggi beş turdan buyon gol ura olmayotgan Eldor Şomurodov va uning jamoasi «Rostov» bu turda «Ural»ga qarşi maydonga tuşsa, turning markaziy bahsi Sankt-Peterburgda kuzatiladi. Özaro prinsipial raqibga aylangan jamoalar «Zenit» va «Spartak» bu turda töqnaş kelişadi. Sergey Semak şogirdlari ayni damda peşqadamlik qilayotgan bölişsa, Jovanni Tedesko jamoasi 6-örinda bormoqda. Ammo, bu jamoalar töqnaşuvi arafasida klublarning qaysi poğonada ekanligi ham unutiladi. Yakşanba kungi bahs piterliklar hujumçisi Artyom Dzyuba uçun ham alohida ahamiyatga ega. Rossiya terma jamoasi goleadori sobiq klubi sanalmiş «Spartak» muxlislari bilan juda yomon munosabatda. Şunday ekan, Dzyuba Peterburgdagi bahsda moskvalik fanatlarga “sovğa” tayyorlaşga urinişi tabiiy. Qolaversa, töpurarlik uçun kuraşayotgan Artyom «Spartak» darvozasiga yöl topa olsa, gollari soni böyiça ham Eldor Şomurodovni ortda qoldirişi mumkin. Rossiyada «yil töqnaşuvi» deya e'tirof etiladigan bahs murosasiz va tomoşabop keçişi aniq.

Fakt: «Zenit» uşbu mavsumda hali öz uyida mağlubiyatga uçragani yöq.

Sankt-Peterburgdagi özaro sönggi 3 ta öyin:

2019. Zenit – Spartak 0:0

2017/18. Zenit – Spartak 5:1

2016/17. Zenit – Spartak 4:2

«NYuKASL» - «MANÇeSTeR SITI»
Angliya Premer-Ligasi. 14-tur.
30 noyabr (şanba)
Öyin boşlaniş vaqti: 17:30
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV»

Angliya Premer-Liganing uşbu turida markaziy töqnaşuvlar kuzatilmasa-da, kutilmagan natijalar röy berişi ehtimoli katta bölgan öyinlar röyxati uzun. Joriy mavsumda faqatgina 1-turda muxlislari qarşisida «Arsenal»dan mağlubiyatga uçragan «Nyukasl» qolgan turlarda uyida taslim bölmadi. Stiv Bryus şogirdlari hattoki «Mançester Yunayted» ustidan ham ğalaba qozona olişdi. «Qarğalar» bu turga start beruvçi qarama-qarşilikda «Sent-Jyeyms Park» stadionida «Mançester Siti»ni qabul qilişadi. Aynan uşbu arenadagi sönggi öyinda Gvardiola şogirdlari «şimolliklar»ga mağlub bölgandi. Öşanda ispaniyalik mutaxassis «Nyukasl»ni özi uçun noqulay raqib sifatida bilişini aytgandi. Bu safargi bahs ham ikki tomon uçun oson ötmasligi aniq. Köramiz, «MYu»ni mağlub etgan «Nyukasl» uning hamşaharlarini ham mağlub eta olarmikan?

Fakt: «Nyukasl» APL doirasidagi sönggi 4 öyinda faqat «Aston Villa»ga mağlub böldi.

Nyukasldagi özaro sönggi 3 ta öyin:

2018/19. Nyukasl – Man.Siti 2:1

2017/18. Nyukasl – Man.Siti 0:1

2016/17. Nyukasl – Man.Siti 1:1

«MONAKO» - «PSJ»
Fransiya 1-divizioni.
15-tur. 1 dekabr (yakşanba)
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
TV-translatsiya: «Matç» Futbol-2

Fransuz futboli gegemoniga aylangan «PSJ»ga qarşilik körsata olayotgan kam sonli klublardan biri «Monako» edi. Biroq, bu klub sönggi yillardagi qator yetakçilarini «PSJ» va boşqa klublarga transfer qilib, ayni damda peşqadamlikdan mosuvo böldi. Şunga qaramay, yana jamoasiga qaytgan Leonardo Jardim «Monako»ni tobora tiklaşga intilmoqda. Jamoa tarkibida Mbappe singari yulduzlar bölmasa-da, Golovin kabi iqtidorlar yetarliça topiladi. «Monegasklar» uşbu turda Fransiya futboli bayroqdoriga qarşi maydonga tuşişadi. Tomas Tuxel klubi ayni damda çempionatda yaqqol yetakçi bölsa-da, ularni Monakoda oson bölmagan qarama-qarşilik kutib turibdi. Fransuz futboli şaydolari uşbu klassik töqnaşuvni ötkazib yubormasalar kerak.

Fakt: «Monegasklar» ikki mavsumdan buyon Parij klubini mağlub eta olişmayapti.

Monakodagi özaro sönggi 3 ta öyin:

2018/19. Monako – PSJ 0:4

2017/18. Monako – PSJ 1:2

2016/17. Monako – PSJ 3:1

«ATLeTIKO» - «BARSeLONA»
Ispaniya La Ligasi. 15-tur.
1 dekabr (yakşanba)
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
TV-translatsiya: «Futbol TV»/«UzReport TV»

Haftaning markaziy uçraşuvi La ligada kuzatiladi. Ispaniya poytaxti Madridda Kataloniyaning boş klubi «Barselona» taşrif buyuradi. Diyego Simeone jamoasi Ernesto Valverde klubiga qarşi saf tortadi. Yangi mavsum oldidan Madriddan Barselonaga köçib ötgan Antuan Grizmanni «Vanda Metropolitano» stadionida qanday munosabat kutib turganligini tasavvur qiliş qiyin emas. Bunga javoban «Atletiko» sobiq yetakçisi ham özini körsatişga intilişi aniq. Hozirça peşqadam bölib turgan «Barselona»dan taxtni tortib oliş imkoniyati «Atletiko»da bor. «Matrasçilar» sönggi yillarda qila olmayotgan işlari – «Barsa»ni mağlub etişni uddasidan çiqa olişsa, oçkolar böyiça katalon klubi bilan tenglaşa olişadi. Aynan uşbu bahs bu mavsum Simeone şogirdlarining «Real» va «Barsa» bilan bir safda çempionlik uçun kuraşa olişadimi yoki yöq, degan savolga javob berişi mumkin. Yakşanbadan duşanbaga ötar keçasi Madriddagi şiddat va murosasizlik va'da qilayotgan uçraşuvni ötkazib yubormang. Messi jamoasi ikki mavsumdirki «Atletiko»ni safarda mağlub eta olişmayapti. Bu safar ham qaysi tomon ğalaba qozonişini oldinda aytiş qiyin, ammo şunisi aniqki, Madrid va Kataloniya klubi töqnaşuvidagi şiddat va murosasizlikdan muxlislar yutadi.

Fakt: «Barselona» uşbu mavsum La Liga doirasida uç marta mağlubiyatni tan olgan – barçasi safardagi uçraşuvlarda kuzatilgan.

Madriddagi özaro sönggi 3 ta öyin:

2018/19. Atletiko – Barselona 1:1

2017/18. Atletiko – Barselona 1:1

2016/17. Atletiko – Barselona 1:2

Usmon Ibodov tayyorladi.