Bugun, 29 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qiliş, reproduktiv salomatlik muhitini yanada yaxşilaş» mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Anjumanda Xotin-qizlar qömitasi raisi Elmira Bositxonova onalar va bolalar salomatligi masalasiga töxtalib, sönggi 10-15 yilda onalar va bolalar ölimi kamaygan bölişiga qaramay ularning salomatligini asraş masalasiga töliq e'tibor qaratilmaganini aytib ötdi.

Qömita raisi taqdim etgan ma'lumotga köra, homilador ayollarning öz soğligiga e'tiborsizligi va şifokorga keç murojaat qilişi tufayli 45-50 foiz holatlarda onalar ölimi kuzatiladi.

«Şuningdek, bugungi kunda şifoxonalarda bemor bolalar köpayib ketişini birlamçi tizimda - oilaviy poliklinikalar va qişloq vraçlik punktlarida uçastka pediatrlari yöqligi bilan izohlaş mumkin. Vaholanki, mamlakatning 33 foiz aholisini 18 yoşgaça bölganlar taşkil qiladi.

Bundan taşqari, hududiy hokimliklar tomonidan bu sohani moliyalaştiriş va moddiy-texnik bazani mustahkamlaşga aksariyat hollarda oxirgi örinda qaralmoqda», - deya Elmira Bositxonovaning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning qöşimça qilişiça, joriy yilda «Reproduktiv salomatlikni muhofaza qiliş töğrisida»gi qonun tasdiqlanişi hamda davlat rahbarining «Reproduktiv yoşdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga körsatiladigan tibbiy yordam sifatini oşiriş va kölamini yanada kengaytiriş töğrisida»gi qarori bu boradagi kamçiliklarning oldini olişga yordam beradi.