O‘zbekiston | 21:30 / 30.11.2019
113174
8 daqiqa o‘qiladi

Vazirlar, hokimlar va boshqa amaldorlar yana Senatda (fotoreportaj)

Oliy Majlis Senatining bugun, 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 24-yalpi majlisi yakunlandi. 19 ta masala muhokama qilingan yig‘ilish Senatning  veb sayti, YouTube va Facebook`dagi kanallarida onlayn rejimida translatsiya qilib borildi.

Yalpi majlis Senat raisi Tanzila Norboyevaning kirish so‘zi bilan boshlandi. Senat raisi rahbarlarning xalq uchun ochiqligi, jamiyatning barcha sohalarida ochiqlik – bugungi kun talabi ekanini aytib, bundan boshqa yo‘l yo‘qligi, shu sababli bunga ko‘nikib, ishni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta'kidladi.

Tanzila Norboyeva, shuningdek, rahbarlarning avvalgi yopiqligi, odamlar bilan, ayniqsa, OAV vakillari bilan muloqotga chiqmasligini qoraladi. Uning aytishicha, rahbarlar xalqimiz bilan, jurnalistlarimiz bilan muloqot qilishni odat qilishi, muomala madaniyatiga, etika qoidalariga qat'iy amal qilishi zarur.

Shundan so‘ng “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi. Bu borada Hukumat a'zolarining ma'ruzalari tinglandi, senatorlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

Jumladan, Senat raisi Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga murojaat qilib, davlat dasturlari uchun mahalliy budjet mablag‘i yetish-yetmasligini so‘radi.

Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov

Majlisda, O‘zbekistonning asosiy tashqi qarzi OTB, Jahon banki, Xitoy va Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelishi, kelgusi yildan maktablar va bog‘chalarda ish haqi respublika budjetidan moliyalashtirilishi, 2020 yildan boshlab mobil aloqa uchun aksiz solig‘i miqdori aholi sonidan kelib chiqib qayta taqsimlanishi ma'lum qilindi. Muhokamalardan so‘ng Senat 2020 yil uchun davlat budjetini ma'qulladi.

Shu kuni senatorlar 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2019 yilning III choragi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini tinglashdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev

Yig‘ilishda senatorlar iste'mol savatchasi va yashash darajasinining minumumini belgilash borasidagi ishlar yuzasidan ma'lumot berilishini so‘rashdi. Iqtisodiyot va sanoat vaziri iste'mol savatchasi hajmini aniqlash va uning asosida yashash darajasining minimumini belgilash yuzasidan tegishli metodologiya ishlab chiqilgan. Hozir ushbu metodologiya test rejimida bir qator viloyatlarda, xususan, Farg‘ona, Toshkentda test rejimida amalga oshirilayotgani, iste'mol savatchasiga taxminan 50ta oziq-ovqat mahsuloti kiritilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani, Surxondaryo viloyati tarkibida Bandixon tumanining tashkil etilishi munosabati bilan Qiziriq, Boysun va Qumqo‘rg‘on tumanlari chegaralariga o‘zgartirish kiritilishiga bag‘ishlandi. Mazkur masalaga bag‘ishlangan qonunlar senatorlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.

Senatning 24-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Shuhrat Abbosov va Rahmatilla Orziqulov senatorlar o‘rtasidagi ovoz berish jarayonida Oliy sud sudyasi lavozimiga saylangan. Oliy sudning ikki nafar sudyasi boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.

Senatorlar arzon uy-joylar qurish, aholini elektr va tabiiy gaz bilan ta'minlash jarayonidagi muammolar, davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati va Toshkent viloyati chegara postlari faoliyatini o‘rganish natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborishga qaror qilishdi.

Yalpi majlisda “Budjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi, “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibining takomillashtirilgani munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining 2019 yil xarajatlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilindi.

Kun.uz fotomuxbiri Muhammadjon G‘aniyev O‘zbekiston parlament yuqori palatasi 24-yalpi majlisidan fotolavhalarni taqdim etadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, Senat Raisi o‘rinbosari
Musa Yerniyazov va Markaziy Bank raisi Mamarizo Nurmuratov
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati
inspeksiyasi ​​​​​boshlig‘i Nurmat Otabekov va SSV huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik ​​​​​​osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov
Senator Tolibjon Madumarov
Navoiy viloyati hokimi, senator Qobil Tursunov
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova
Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov va Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov

Senator Rustam Inoyatov

Senatorlar – Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ulug‘bek Muhammadiyev
Senator Rustam Inoyatov va prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, senator Qahramon Quronboyev
Farg‘ona viloyati hokimi, senator Shuhrat G‘aniyev
Senat Raisi Tanzila Norboyeva
Senat raisi Tanzila Norboyeva, raisning birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, rais o‘rinbosari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Musa Yerniyazov
Andijon viloyati hokimi, senator Shuhrat Abdurahmonov
 Senatorlar Rustam Inoyatov, Farrux Dadaxo‘jayev, Bosh vazir o‘rinbosari Elyor G‘aniyev,
Buxoro viloyati hokimi, senator O‘ktam Barnoyev
Senat raisi MDH Parlamentlararo Assambleyasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan
O‘zbekiston fuqarolarini taqdirlamoqda
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov
Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov

Senator Zayniddin Nizomxo‘jayev
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev
Buxoro viloyati hokimi, senator O‘ktam Barnoyev
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov

Senator Renat Nasirov
Samarqand viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulla Qo‘ldoshev hamda
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev
Adliya vaziri Ruslan Davletov
Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jayev

Mavzuga oid