Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva: Davlat dasturlari uchun mahalliy budjetdan mablag‘ yetadimi?
Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Senat raisi Tanzila Norboyeva moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga ayrim hududlarda Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” va boshqa davlat dasturlarini amalga oshirish uchun mablag‘lar yetmayotgani, chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanmay qolayotganini aytib, bu dasturlar uchun kelasi yillarda mahalliy budjetdan mablag‘ yetadimi yoki respublika budjetidan ajratish kerak bo‘ladimi, degan savol bilan murojaat qildi.
Jamshid Qo‘chqorov quyidagicha javob berdi:
“So‘nggi 2-3 yilda juda ko‘plab dasturlar qabul qilindi. Ko‘pincha mablag‘ yetmayapti degan joyimizda shu narsa nima uchun yetmayapti bu obekt o‘zi budjetda bormi yoki yo‘qmi degan savol tug‘iladi.
To‘g‘risini aytamiz, yillar davomida juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan. Maksimal hammasining chorasi ko‘rilyapti. Lekin hamma narsani ham birvarakayiga qilish imkoniyatiga ega emasmiz.
Dasturga kirgan obekt bo‘ladigan bo‘lsa, uni qilish imkoniyatiga egamiz. Dasturga kirmagan obekt bo‘lsa, oldin uni manbasini aniqlab, keyin harakat qilishimiz kerak”, - deya Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
19:55 / 02.07.2026
Tanzila Norboyeva raisligida Surxondaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi muhokama qilindi
20:11 / 25.06.2026
Tanzila Norboyeva mauntinbayk bo‘yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarini qutladi
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026