Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Muxamet Jumagaldiyev arzon uy-joylarni quriş jarayonidagi kamçilik va muammolarni aytib ötdi.
“Buyurtmaçi va pudrat taşkilotlarining özaro kelişuvi natijasida qurib foydalanişga topşirilayotgan uy-joylarning narxi bir tomonlama, fuqarolarni ogohlantirmasdan özgartirilib, fuqarolarning qonuniy huquqlarining buzilişiga yöq qöyilmoqda.
Pudrat taşkilotlarini tanlaşdagi huquqbuzarliklar holatlarining mavjudligi, yer maydoni ajratilişini qonuniylaştiriş, hududiy komissiyalar a'zolarining turli byurokratik tösiqlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qarorlar qabul qilişning asossiz çözib yuborilayotganligi, aholi talablari, qolaversa, gaz, elektr energiyasi, kanalizatsiya, suv va boşqa kommunikatsiya tarmoqlariga ulaniş imkoniyatlari töliq örganilmasdan yer uçastkalarining tanlanişi hisobiga milliardlab ortiqça mablağ sarflanişiga olib kelmoqda.
Quriliş bilan şuğullanadigan moddiy-texnika bazasi, işçi kuçi va öz mablağiga ega, salohiyatli pudrat taşkilotlarining aniq reyestri, röyxati, elektron ma'lumotlar bazasi töliq şakllanmaganligi, quriliş taşkilotining mas'uliyatsizligi tufayli quriliş işlari layoqatsiz pudratçi va subpudrat taşkilotlari tomonidan amalga oşirilayotgani arzon, köp kvartirali uy-joylarni loyihalaş, ularni quriş qoidalari, quriliş va montaj, işlari ustidan nazorat qat'iy olib borilmayotganligi Parlament sörovini tayyorlaşimizga sabab böldi”, - deya Muxamet Jumagaldiyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senator tomonidan berilgan ma'lumotlarga köra, sönggi 3 yilda 104 mingdan ortiq, jumladan, qişloqlarda 63 mingdan ortiq, şaharlarda 41 mingdan ortiq uy-joylar qurib topşirilişi natijasida 100 mingdan ortiq oila uy-joylar bilan ta'minlandi.
Senatorlar arzon uy-joylar quriş jarayonidagi muammolar, şuningdek, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta'minlaş jarayonidagi muammolar töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovlari yuborilişini ma'qulladilar.












