Senator Odiljon Iminov Oliy Majlis Senatining yigirma törtinçi yalpi majlisida iqtisodiyot va sanoat vaziridan hududlarda iste'mol savatçasi va yaşaş darajasining minimumi qança miqdorda belgilanganiga oydinlik kiritişni söradi.
Vazir Botir Xöjayevning aytişiça, iste'mol savatçasi hajmini aniqlaş va uning asosida yaşaş darajasining minimumini belgilaş yuzasidan tegişli metodologiya işlab çiqilgan. Hozir uşbu metodologiya test rejimida bir qator viloyatlarda, xususan, Farğona, Toşkentda test rejimida amalga oşirilmoqda. Test rejimi pensionerlar, bolalar, işlayotgan fuqarolar kesimida olib borilmoqda.
“Metodologiya jihatidan gapiradigan bölsak, bu yerda 4ta narsaga e'tibor berganmiz. Birinçisi, iste'mol savatçasining tarkibini şakllantiriş. Bu taxminan 50ta oziq-ovqat mahsulotidan iborat. Ikkinçisi, hududlar kesimida iste'mol savatçasining tarkibini, hajmini aniqlaş. Köpçilikka sir emaski, hududlar kesimida oziq-ovqat iste'mol qiliş darajasi har xil. Metodologiyaga kiritilgan uçinçi masala - aholining tabaqasiga qarab turib oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli ham inobatga olingan. Mana, misol uçun, JSSTning tavsiyalari böyiça va mamlakatimizda işlab çiqilgan, kuniga işlatiladigan oziq-ovqat me'yorlari nazarda tutilgan. Biz faqat xalqaro me'yorlardan kelib çiqmayapmiz, aholimizning asrlar davomida şakllangan an'analari, iste'mol talablari ham inobatga olinyapti”, deya Botir Xöjayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Botir Xöjayev hozirça bu raqamlar Farğona va Toşkent viloyatiga tegişli ekani, buni aholining har bir tabaqasi özi uçun qabul qilmasligi kerakligini ta'kidladi.
Vazir, şuningdek, eksperiment natijalari nima uçun e'lon qilinmayotganiga töxtalib ötdi.
“Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining kelişuvi böyiça 2019 yildan boşlab amalga oşirilyapti. Ya'ni, biz 2018 yilda topşiriq bölgandan keyin metodologiyani işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritganmiz va 2019 yilning 1 yanvaridan boşlab bu jarayon ketyapti. Natijalar har çorak yakuni böyiça aniqlanyapti. Bitta narsani ta'kidlab ötiş kerakki, bu xalqaro tajribada barça mamlakatlarda qöllanilayotgan metodika emas. Bu asosan MDHga a'zo ayrim davlatlar, misol uçun, Qozoğiston, Rossiya va bir qator mamlakatlarda qöllanayotgan tajriba hisoblanadi. Rossiya tajribasini oladigan bölsak, yaşaş minimumini aniqlaş va eng kam oylik miqdorini belgilaşga 10 yil ketgan. Bizda ham ikkita körsatkiçni muvozanatga keltirişga bir neça yil ketadi. Umuman, iste'mol savatçasi va yaşaş darajasi minimumi bir-biri bilan boğlangan. Hozir ba'zi bir internet sahifalarida iste'mol savatçasi va yaşaş minimumini belgilaş böyiça alohida qonun qabul qilinişi töğrisida taklif kiritilyapti. Ayni paytda bunday qonun qabul qilinişi kerakmi yoki yöqmi, buning ustida izlanyapmiz. Avval iste'mol savatçasi aniqlanadi va uning asosida yaşaş minimumi belgilanadi. Test rejimidan maqsad - sinalayotgan metodologiyani epaqaga keltiriş”, deydi Botir Xöjayev.

















