Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi 80 ming dollar bilan ushlandi
U tadbirkorga Urganch shahridagi yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming dollar talab qilib, shundan 80 ming dollarini oldindan olgan vaqtida ushlandi.

Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
DXX xabariga ko‘ra, Xorazm viloyatining Transport boshqarmasi bosh mutaxassisi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaroning ishonchiga kirib, boshqa bir fuqaroga tegishli bo‘lgan va Urganch shahrida aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan MChJga qarashli 960 metr kvadrat bo‘sh yer maydonini kadastr idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga o‘tkazib, u yerda ko‘p qavatli turar joy qurishi uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 135 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 80 ming AQSh dollarini oldindan olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasining 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Yozyovon tumani bo‘limi bosh mutaxassisi xizmat mavqeyidan foydalanib, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida pudratchi korxonaning reyting ballarini ko‘tarish hamda tenderga taqdim qilish maqsadida, haqiqatda mavjud bo‘lmagan qurilish texnikalarining texnik pasporti va yorliqlarini tayyorlab berish evaziga 8700 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning San-Marinodagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 13:10
-
HAMASga yana tahdid qilgan Isroil, Ar-Riyoddagi muzokaralar yakuni va yettinchi muddatiga kirishgan Lukashenko - kun dayjesti
Jahon | 13:05
-
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 12:36
-
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

11:09
Taxtaqoracha dovonida ayrim toifadagi transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi

12:35 / 25.03.2025
Xorazmda Turkiya sarmoyasi ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi

17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi

12:47 / 15.03.2025