Maktab direktorlarini urgan hokim sud qilinadi
KUN.UZ saytida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyevning o‘z vakolatlarini suiiste'mol qilib, maktab direktorlarini urgani, ularni haqorat qilgani haqida bir necha marotaba maqolalar e'lon qilingan edi.
Joriy yil 28 dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasining KUN.UZ tahririyatiga ma'lum qilishicha, Sayxunobod tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasi bo‘yicha Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevning harakatlarida MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr qimmatini qasddan kamsitish va 183-moddasi nazarda tutilgan mayda bezorilik, ya'ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish huquqbuzarligi alomatlari mavjud bo‘lganligi sababli, unga nisbatan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atildi.
Sayxunobod tuman hokimi Nosirjon Egamberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasi va 183-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan ma'muriy ishlar ko‘rib chiqish uchun 2017 yil 28 dekabrda ma'muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudiga yuborildi. Endilikda tuman sudi unga 5 mln so‘mdan ortiq miqdorda ma'muriy jazoga tortilishi taxmin qilinayapti.
Shu bilan birga, Sayxunobod tuman hokimi N.Egamberdiyev ham tuman prokurori nomiga ariza bilan murojaat etib, unda 28 avgust 2017 yilda tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishdan so‘ng, uni tumandagi ta'lim muassasalari rahbarlarini tumanda o‘tkazilgan mustaqillik bayramiga qo‘l ostidagi xodimlarni madaniy hordiq chiqarish uchun olib kelmaganliklari sababli, ularni haqoratlab, qo‘l tekkizganligi holatini yashirin ravishda video tasvirga olib, ommaviy axborot vositalariga chiqarib yuborib, uni obro‘siga putur yetkazgan shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Tekshirish natijasi bo‘yicha Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori K.Rahmonovning harakatlarida MJtKning 46-moddasida nazarda tutilgan fuqarolarga ma'naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni oshkor etish, ya'ni fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ma'naviy zarar yetkazadigan ma'lumotlarni oshkor etish huquqbuzarligi alomatlari mavjud bo‘lganligi aniqlangan.
Mavzuga oid: Dilmurod Rahmatullayev javobgarlikka tortildi
Shundan so‘ng, Sayxunobod sanoat kasb-hunar kolleji direktori Komiljon Rahmonovga nisbatan MJtKning 46-moddasi bilan ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqish uchun ma'muriy ishlar bo‘yicha Sayxunobod tuman sudiga yuborildi. Endilikda unga eng kam oylik ish haqining 2 baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
Mavzuga oid
12:37 / 05.11.2024
Sirdaryoda buvi va nevara qariyb 7 kg tilla taqinchoqni chegaradan yashirincha olib kirishga urindi
13:10 / 06.10.2024
Antikorrupsiya agentligi: Sirdaryo viloyatida 5 nafar hokim korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan
13:20 / 29.09.2024
Sirdaryoda Guliston Suv inshootlari boshqarmasi yer kadastri bo‘lim boshlig‘i ushlandi
19:22 / 21.09.2024