Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev ötgan oy oxirida tumandagi maktablar direktorlarini döpposlagani aks etgan video böyiça tekşiruv boşladi. Bu haqda «Kun.uz» naşriga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

«12.09.2017 yilda «kun.uz» saytida joylaştirilgan Sayxunobod tumani hokimining harakatlari haqidagi videomaterialda körsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.

Tekşiruvning borişi Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyilgan Boş prokuratura xabarida.

Video: Hokim maktab direktorlarini urdi

12 sentabr kuni Kun.uz sayti Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida röy bergan hodisa videosini e'lon qildi. Unda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudoviç Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yiğib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangandi.  Tuman hokimining sözlaridan anglaş mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga öqituvçilarni olib kelmagani uçun jazolangan.

Muştumzör hokimga qonunlarimiz nima deydi?