Andijon şahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev şahardagi ta'lim muassasa rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqoratlagani uçun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Andijon şahri hokimi D.Rahmatullayev joriy yilning 16 oktabr kuni şahardagi bir qator ta'lim muassasalari rahbarlarini nojöya sözlar bilan haqorat qilganligi holati yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekşiriş ötkazildi.
Tekşiriş davomida viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşi tomonidan D.Rahmatullayevni ma'muriy javobgarlikka tortişga rozilik beriş töğrisida qaror qabul qilingan.
Tekşiriş natijasiga köra, D.Rahmatullayevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 41-moddasi (haqorat qiliş, ya'ni şaxsning şa'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş) bilan ma'muriy huquqbuzarlikka oid iş qözğatilib, körib çiqiş uçun sudga yuborilgan.
Sudning qarori bilan D.Rahmatullayev Özbekiston Respublikasi MJtK 41-moddasida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam iş haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qöllanilgan», deyilgan xabarda.
Ma'lumot uçun, eng kam iş haqining 30 baravari 5167200 sömga teng.
Şu yilning noyabrida Andijon şahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev şahardagi maktablar, kollejlar va akademik litseylar rahbarlarini sökib haqoratlagani, ayol direktorlarni tahqirlab yerga urganini isbotlovçi dalillar internetda tarqalgandi. Bu hodisa oktabr oyidagi yiğiliş çoğida röy bergandi.
Mavzuga oid: Yana direktorlar haqoratlandi. Bu safar Andijon
Mavzuga oid: Sökonğiç hokim javobgarlikka tortiladi, faqat...









