12 sentabr kuni Kun.uz saytida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani tasvirlangan video namoyiş etilgaç, viloyati hokimligi mutasaddilari bu vaziyatni çuqur örganişga kirişdi.
Kun.uz manbasi ma'lumot berişiça, 12 sentabr oqşomida viloyat hokimi Ğofurjon Ğaniyeviç Mirzayev Sayxunobod tumaniga kelib, yiğiliş ötkazgan. Unda tuman hokimi hamda maktablarning direktorlari ham iştirok etgan, Nosirjon Egamberdiyev öqituvçilardan uzr söragan.
Yiğilişda uşbu vaziyat yuzasidan hali tegişli çora körilişi, u uzr söraş bilan qutula olmasligi qayd etib ötilgan.
«Hokimning işi paxta terimi mavsumidan keyin körib çiqiladi. Uning işda qolişi masalasi taqdiri yuqoridan keladigan körsatmaga boğliq», degan manba.
Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016 yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungaça Sirdaryo viloyati örta maxsus, kasb-hunar ta'limi boşqarmasi boşliği bölib işlagan.
Manbaning aytişiça, u avvaldan qattiqqölligi bilan ma'lum bölgan. Maktab direktorlari unga qarşilik körsatmagani sababi ham şu: u öziga qarşi çiqqanlardan qasos olgan. U aloqalari orqali öziga qarşi çiqqanlarga turli javobgarliklar yuklagan, «uning qasosidan yoki ölib, yoki xorijga ketib» qutuliş mumkin bölgan.
Bundan oldinroq Prokuratura tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan boğliq vaziyatni tekşirişni boşlagani ma'lum qilingandi.
«Kun.uz» yuridik maslahatçisi hokim öz vakolatlari doirasidan çetga çiqib, muştumzörlik qilişi qonunan qanday oqibatlarga ega ekani haqida ma'lumot bergandi.












