Turkiya muxolifati referendum natijalarini bekor qilishni so‘rab apellyatsiya berdi
Turkiyada asosiy muxolif partiya hisoblanmish Respublika xalq partiyasi Oliy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini bekor qilishni so‘rab apellyatsiya berdi. Bu haqda Reuters agentligi partiyadagi manbaga asoslanib xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, ushbu murojaat byulletenlarni hisoblash vaqtida qoida buzilishlariga yo‘l qo‘yilganiga asoslangan. Natijalarni hisoblash vaqtida rasmiy muhr qo‘yilmagan byulletenlar ham sanalgani aytilmoqda.
Bundan tashqari, referendumda ovoz berish jarayonida saylov uchastkalaridagi xonalarda hamda referendumdan oldingi tashviqot kampaniyasi vaqtida ko‘plab qoida buzilishlari uchragan.
«Bularning barchasi referendum noqonuniy ravishda o‘tkazilganini isbotlaydi», deyilgan partiya murojaatida.
17 aprel kuni xalqaro kuzatuvchilar guruhi, xususan YeXHT komissiyasi «referendum teng imkoniyatlar maydonida bo‘lib o‘tmagani» haqida xulosa qildi.
Turkiyadagi referendum «teng imkoniyatlar maydoni»da o‘tkazilmadi - Kuzatuvchilar missiyasi
Shuningdek, Yevropa Kengashi parlament assambleyasi delegatsiyasi rahbari Tsezar Florin Preda Turkiyada o‘tkazilgan referendum Yevropa Kengashi standartlariga muvofiq tarzda o‘tkazilmagani haqida ma'lum qildi.
Keyinroq Turkiya prezidenti bu ayblovlarga munosabat bildira turib, YeXHTni «o‘z o‘rnini bilish»ga chaqirdi.
«Birinchidan, o‘z o‘rningizni biling! Biz siz tayyorlagan siyosiy motivlangan hisobotlaringizga quloq tutmaymiz», - degandi Erdo‘g‘on.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024