Turkiyada 16 aprel, yakşanba kuni bölib ötgan referendum natijalari 1923 yilda Turkiya Respublikasi e'lon qilinganidan buyon ötgan 94 yil içida mamlakat tarixidagi eng muhim siyosiy özgarişlarga olib kelişi mumkin.

Bu qanday muhim hodisa va uning ahamiyati?

Turklar referendum mobaynida mamlakatni parlament demokratiyasidan prezidentlik boşqaruviga ötkazişni yoqlab ovoz berişdi.

18ta özgarişdan iborat paket xalq ixtiyoriga qöyib berildi, çunki konstitutsiyaga kiritilajak özgarişlar parlamentdagi deputatlarning uçdan ikki qismi ma'qulloviga ega bölmadi. 16 aprel kuni bölib ötgan referendumda xalqning yarmisidan köproği özgarişlarni ma'qulladi va endi qonun prezident Rajab Toyyib Erdöğon tomonidan imzolanadi. 

Referendumni 1923 yilda Turkiya Respublikasiga asos solingaç, mamlakat siyosiy hayotidagi eng ahamiyatli hodisa sifatida baholaş mumkin. Bu yölda mamlakat prezident Erdöğon alohida bir qat'iyat körsatdi va vazirlarini Yevropa davlatlaridagi turk diasporalari örtasida saylovoldi kampaniyasi ötkazişga ham jönatdi, orada Niderlandiya hukumatini "natsistlar" deb ataşga ham ulgurdi.

Yangi tizimga köra, Erdöğon yana ikkita saylovda iştirok etişi mumkin, Agar u 2019 va 2024 yilga saylovlarda ham ğalaba qozona olsa, istiqbolda mamlakatning yakka rahbari sifatida 2029 yilgaça faoliyat olib borişi mumkin. U parlamentda mutlaq katta öringa ega bölgan, özi asos solgan Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) rahbarligiga ham qaytişi mumkin edi.

Turkiyada şu vaqtgaça prezidentlik lavozimi köproq şunçaki bir udum sifatida mavjud edi, biroq siyosatning şakllantirilişida ma'lum bir ta'sirga ham ega edi. Özining qudratli şaxs ekanligi, ATP elektorati va qonunşunoslari orasida katta obro‘-e'tiborga egaligi tufayli Erdöğon eski konstitutsiya amalda bölib turgan şaroitda ham öz lavozimi obrösini yaxşigina oşirib olgan edi va endi, referendumdan söng, u yanada qudratli şaxsga aylanadi.

Odamlar aynan nimalar uçun ovoz berişdi?

18 ta özgariş avvalo qonunçilik va ijro hokimiyatiga taalluqli böladi. Ularga köra:

- Prezident davlat va hukumat rahbari sanaladi. U vazirlar va vitse-prezidentlarni tayinlaş va işdan oliş huquqiga ega. Prezident, şuningdek, referendumlar joriy etiş huquqiga ham ega böladi.

- Boş vazir lavozimi bekor qilinadi. Prezident vazirlar mahkamasiga rahbarlik qiladi va bir neça vitse-prezidentlardan iborat örinbosarlarga ega böladi. Parlament endi vazirlarni kuzatişdan mahrum böladi, çunki uning vazirlarni kuzatiş va işonçsizlik bildiriş vakolatlariga çek qöyiladi. Parlament vazirlarni oğzaki söroqqa tutiş, ma'lum bir farmonni çiqariş uçun vazirga vakolat yuklaş huquqidan mahrum etildi. Prezident vetosidan ötiş uçun parlament qonun loyihasini absolyut köp ovoz (301) bilan qayta qabul qilişi kerak.