Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi referendum «teng imkoniyatlar maydoni»da o‘tkazilmadi - Kuzatuvchilar missiyasi
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) hisoblashicha, Turkiyada o‘tkazilgan konstitutsion islohotlar bo‘yicha referendum Yevropa Kengashi standartlariga mos ravishda o‘tmadi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Kuzatuvchilar missiyasining qayd etishicha, referendum «kampaniyaning ikki tomoniga ham teng imkoniyatlar yaratib berilmagan» sharoitda o‘tdi.
«Saylovchilarga islohotning muhim jihatlari haqida obektiv ma'lumotlar berilmadi», — YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIHB) kuzatuvchilari bayonotida.
Shuningdek, saylov komissiyasi haqiqiy bo‘lmagan byulletenlarni ham hisoblagani qayd etilgan.
16 aprel kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan davlat boshqaruvining prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha referendumda konstitutsiyani isloh qilish tarafdorlari g‘olib chiqdi.
Konstitutsiyani isloh qilish uchun fuqarolarning 51,2 foizi ovoz berdi, 48,8 foizi bunga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash to‘g‘risida referendum bo‘lib o‘tdi
10:24 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva YXHT bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lu bilan uchrashdi
19:26 / 21.05.2026
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bilan ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi
12:03 / 24.03.2026