Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada muxolifat jiddiy talab bilan chiqdi
Turkiyada asosiy muxolifat partiyasi hisoblanmish Jumhuriyat xalq partiyasi (Respublika xalq partiyasi) saylov komissiyasini konstitutsiyaviy islohot bo‘yicha o‘tkazilgan referendum natijalarini bekor qilishga chaqirdi. Associated Press xabariga ko‘ra, partiyadagilar referendum vaqtida qoida buzilishlariga yo‘l qo‘yilganini iddao qilishmoqda.
Partiya raisi o‘rinbosari Bulent Tezkanning so‘zlariga ko‘ra, «referendumning qonuniyligi bo‘yicha bahslarga yakun yasash va xalqni tinchlantirishning yagona yo‘li saylov komissiyasi ovoz berish natijalarini bekor qilishi bo‘ladi».
Qayd etilishicha, muxolifat vakillari komissiya rasman muhrlanmagan byulletenlar ham qabul qilganini aytmoqda.
16 aprel kuni Turkiyada bo‘lib o‘tgan davlat boshqaruvining prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha referendumda konstitutsiyani isloh qilish tarafdorlari g‘olib chiqdi.
Konstitutsiyani isloh qilish uchun fuqarolarning 51,2 foizi ovoz berdi, 48,8 foizi bunga qarshi chiqdi.
Bu referendumni o‘tkazish taklifi mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning partiyasi bo‘lmish Adolat va taraqqiyot partiyasi tomonidan berilgandi.
Mavzuga oid
20:20 / 14.06.2026
Shveytsariyada mamlakat aholisi sonini cheklash to‘g‘risida referendum bo‘lib o‘tdi
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026