Jahon | 13:43 / 12.09.2017
9178
2 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Ashxobod va Nyu-Yorkka boradi

Foto: News.tj

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 17-23 sentabr kunlari  Ashxobod va Nyu-Yorkka boradi. Bu haqda «AP» mamlakat hukumatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

Imomali Rahmon Turkmaniston poytaxtida 17 sentabrda Yopiq inshootlardagi V-Osiyo o‘yinlari  olimpiya mash'alasini yoqish va jangovar san'atlar bo‘yicha «Ashxobod-2017»ning tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ashxobodda Tojikiston prezidentining boshqa davlatlar yetakchilari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgan. Ular Turkmaniston rahbari taklifiga ko‘ra Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida qatnashadi.

Tojikiston rahbari Ashxoboddan Nyu-Yorkka, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun uchib ketadi.

Imomali Rahmon Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlaydi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Avvalroq Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasi bugun ochilishi xabar qilingandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid