Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
14 ta aftershok. Eronda qurbonlar soni yana oshdi - 141 kishi
Foto: Reuters
Eronda yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 141 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Press TV telekanali mahalliy rasmiylarga asosan.
Avvalroq 129 kishi halok bo‘lgani va mingdan ortiq inson jabrlangani xabar berilgandi.
Zilzila Eron va Iroq chegarasida 12 noyabr kuni yuz berdi. Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi ma'lumotlariga ko‘ra, magnituda 7,2’ni tashkil qildi. Iroqda ham tabiiy ofat natijasida ko‘plab insonlar hayotdan bevaqt ko‘z yumgan.
Manba xabariga ko‘ra, Eronda zilziladan so‘ng 14 ta aftershok yuz berdi. "14 ta takroriy yer silkinishlari g‘arbiy tumanlarda yuz berdi. Ularning kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 2,3 balldan 4,1 ballni tashkil qilgan", - deya ma'lum qildi zilzilalarni kuzatib borish markazidagi manba.
Qizil Yarim oy jamiyatining xabar berishicha, taxminan 70 ming eronlik boshpanasidan ayrildi hamda vaqtinchalik turar-joyga ehtiyoji bor. Hukumat jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rmoqda.
O‘z navbatida, Turkiya Iroqqa yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma'lum qildi. Mamlakatning zilziladan jabr ko‘rgan tumanlariga mobil guruhlar yuborildi, turk shifoxonalarida jarohatlanganlarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
22:45 / 13.01.2026
«Yordam allaqachon yo‘lda». Tramp eronliklarga murojaat qildi
21:00 / 13.01.2026
Erondagi namoyishlar: qurbonlar soni minglab bo‘lishi mumkin
13:55 / 13.01.2026
AQSh o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:04 / 13.01.2026