Eron va Iroq çegarasida yuz bergan kuçli zilzila tufayli taxminan 70 ming eronlik boşpanasiz qoldi. Bu haqda RIA «Novosti» Eron Qizil yarim oy jamiyatidagi manbaga asosan xabar bermoqda.

«Ayni damda qariyb 70 ming kişi mamlakatning ğarbiy tumanlarida yuz bergan zilzila sabab vaqtinçalik boşpanaga ehtiyoji bor, biroq bu raqam yana ham ortişi mumkin», - deya xabar bergan manba.

Ta'kidlanişiça, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat Içki işlar vazirligiga yer silkinişidan jabr körgan tumanlar aholisiga barça kerakli yordamni körsatiş uçun tezkor çoralar köriş haqida topşiriq berdi.

Press TV tarqatgan xabarga köra, Eron va Iroq çegarasida röy bergan zilzila oqibatida 129 kişi halok böldi. 1 mingdan ortiq inson jabrlangan.