O‘zbekiston | 11:00 / 30.01.2018
240661
2 daqiqa o‘qiladi

Gulnora Karimovaning o‘g‘li Buyuk Britaniyadan siyosiy boshpana so‘radi

Foto: BBC

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning katta nabirasi, Gulnora Karimovaning o‘g‘li, 25 yoshli Islom Karimov Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bu haqda Bi-Bi-Si O‘zbek xizmati kichik Islom Karimovning Londondagi advokatiga tayangan holda xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi kamida bir oy muqaddam siyosiy boshpana bo‘yicha murojaat bilan chiqqan.

Mavzuga oid: AQSh hukumati Gulnora Karimovaga nisbatan sanksiya joriy qildi

O‘zbekiston birinchi prezidentining katta nabirasi kichik Islom Karimov ayni damda Buyuk Britaniyada istiqomat qiladi. Gulnora Karimova esa hozirgi paytda O‘zbekistonda hibsda.

Mavzuga oid: Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da'vo qilmoqda

Mavzuga oid: O‘zbekiston Gulnora Karimovaning Rossiyadagi mulklarini xatlashni so‘rab murojaat qildi

O‘tgan yilning yozida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor, deb topilgani va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid: Bosh prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy ish tafsilotlarini oshkor qildi

Bundan tashqari, Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Gulnora Karimovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243 moddalari bilan ayblov e'lon qilingan hamda qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid