Özbekiston Boş prokuraturasi Rossiya hukumatidan Gulnora Karimovaning köçmas mulklarini hibsga olişni sörab murojaat qildi. Bu haqda «Interfaks» agentligi Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar tarqatdi.

«Rossiya Boş prokuraturasiga Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasidan Gulnora Karimova jinoiy işi böyiça huquqiy yordam körsatiş haqida sörov keldi. Unda köçmas mulk obektlarini hibsga oliş söralgan», — deyilgan xabarda.

Xabarda ayni damda sörov köriş jarayonida ekani, sörovda körsatilgan ma'lumotlar maxfiyligi qöşimça qilingan.

OAV Gulnora Karimova Moskvadagi «Kamelot» turar-joy kompleksida maydoni 420 kvadrat metr bölgan penthaus va Rublevo-Uspensk şossesidagi koşonaga egalik qilgani haqida xabar topgan. Penthaus 4-4,5 million dollarga baholangan, şossedagi danğillama uylar esa 60 million dollargaça turişi mumkin.

Eslatib ötamiz, 2013 yilda Özbekistonda Gulnora Karimovaga qarşi tovlamaçilik va soliqdan qoçiş holatlari böyiça jinoiy iş oçilgan.

Özbekistonning birinçi prezidenti qizi katta miqdorda davlat va boşqa şaxslar mulkini özlaştirişda ayblanmoqda. U 2001 yildan 2013 yilgaça bölgan muddatda jinoiy faoliyat yuritgan va davlatdan 2 milliard dollarga yaqin mablağ öğirlagani aytiladi.

2015 yil avgustida sud uni 5 yil muddatga ozodlikdan çeklagan.

2017 yil iyulida Boş prokuratura Gulnora Karimovaga nisbatan jinoiy iş tafsilotlarini oşkor qildi.

Özbekiston Boş prokuraturasi Buyuk Britaniya, Şveytsariya, Fransiya, Rossiya, Latviya va Honkongda Gulnora Karimovaga tegişli bölgan köçmas mulklarni aniqlagan. Undan taşqari xorijdagi banklarda millionlab yevro miqdorida mablağlar saqlanayotgani aniqlangan.

Özbekiston 12 davlatdagi aktivlar miqdorini 1,5 milliard dollarga baholagan. Boş prokuratura bu davlatlarda aniqlangan mulklarni Özbekiston foydasiga musodara qiliş haqida sörovlar yuborgan.