Gulnora Karimovaning Şveytsariyadagi "Lombard Odier" bankida muzlatib qöyilgan 784 million AQŞ dollarining katta qismi Niderlandiya va AQŞ mutasaddilariga tegişi mumkin, deb yozadi izquvar-jurnalist Silvian Besson. 

Jurnalistning öz manbasiga köra, restitutsiyaga (noqonuniy özlaştirilgan boylikni ortga qaytariş şarti) da'vo qilib turgan tomonlar Bern şahrida özaro kelişuvga erişişni közlab turibdi.

Le Temps naşrida e'lon qilingan maqolada yozilişiça, AQŞ mana şu pullardan 550 million dollarni "özbek tadbirkor doiralari moliyaviy amaliyotni amalga oşiriş paytida Amerika banklaridan foydalangani" uçun qaytarişni talab qilmoqda. Niderlandiya da'vo qilib turgan mablağ miqdori va vaji xabarda keltirilmagan. 

Bessonning aytişiça, bu pullarni bir vaqtlar Gulnora Karimovaning turli telekommunikatsiya kompaniyalardan pora sifatida qabul qilgan, degan ehtimol bilan bankda muzlatib qöyilgandi. Jurnalist bu pullar xalq manfaati uçun Özbekistonga qaytarilişi lozim, deb yozadi.

Eslatib ötamiz, Gulnora Karimova 2001-2013 yillarda turli jinoyatlarni amalga oşirganlikda ayblanib, 12ta mamlakatda unga tegişli umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng mol-mulk borligi aniqlangan.