2013 yil 24 oktabrda «Terra Group» MÇJ, «Prime Media» MÇJ, «Gamma Promotion» MÇJ faoliyatida soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş holatlari böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiyaga qarşi kuraşiş boşqarmasi xabar qildi.

Mazkur jinoyat işini tergov qiliş davomida Gulnora Islamovna Karimova, 1972 yil 8 iyulda Farğona viloyatida tuğilgan, millati özbek, ma'lumoti oliy, Siyosiy tadqiqotlar markazi direktori lavozimida işlagan, Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Ya.Ğulomov köçasi, 77 "a"-uyda röyxatda turgan, 2001−2012 yillarda N.Sodikov, 2013 yilning yanvar oyidan oktabr oyiga qadar R.Madumarov rahbarlik qilgan uyuşgan guruhning jinoiy faoliyatiga bevosita kömaklaşib kelganligi aniqlangan.

Jumladan, Gulnora Karimovaning nazorati ostida va kömagida uyuşgan jinoiy guruh a'zolari 2001−2013 yillarda quyidagi bir qator jinoyatlarni sodir etişgan, xususan:

— fuqarolar va tadbirkorlarning 54,1 mlrd. sömlik pul mablağlari, aksiyalari, uluşlari va mulkiy obektlarini tovlamaçilik yöli bilan egallaş (G.Gaibnazarovning «Toşkent rangli metall parçalari va çiqindilarini qayta işlaş zavodi» OAJ va «Angren-sement» MÇJdagi 4,1 mlrd. sömlik aksiyalari, 4 mln. AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlari, 17,3 mlrd. sömlik 2ta kvartirasi, 4 uy-joyi (hovli) va 8ta avtomaşinasi, Ş. Ahmedovning «KOLORPAK» va «NASHRIYOT UYI TASVIR» MÇJdagi 1,9 mlrd. sömlik uluşi va boşqalar);

— turli korxonalardagi davlatga tegişli aksiyalar va uluşlarni sotib oliş, mulkiy obektlarni xususiylaştiriş va mahsulotlarni past narxlarda sotişda 344,6 mlrd. sömlik davlat mulkini özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-taroj qiliş («Özdunrobita» QKdagi 131,9 mlrd. sömlik (49%), «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD» MÇJ şaklidagi QKdagi 14,6 mlrd. sömlik (67,1%), «Rubicon Wireless Communication» MÇJ şaklidagi QKdagi 9,6 mlrd. sömlik (30%) davlat uluşi, 20,4 mlrd. sömlik 50 ta köçmas mulk obektlari va boşqalar);

— daromadlarni (1 trln. 570,3 mlrd. söm), körsatilgan xizmatlar, işlar va sotilgan mahsulotlardan tuşumlarni (253,9 mlrd. söm) kamaytirib körsatiş, imtiyozlarni noqonuniy qöllaş (266,2 mlrd. söm), tekinga xizmat körsatiş, ortiqça asosiy vositalar şaklida soliqqa tortiş bazasini kamaytiriş va boşqa yöllar bilan (994,3 mln. söm) uyuşgan jinoiy guruh nazoratidagi xöjalik yurituvçi sub'yektlar va offşor kompaniyalar faoliyatida 2 trln. 91,4 mlrd. sömlik soliqlarni tölaşdan böyin tovlaş;

— jinoiy javobgarlikdan böyin tovlaş maqsadida uyuşgan guruh nazoratidagi xöjalik yurituvçi sub'yektlar va offşor kompaniyalari faoliyati bilan boğliq hujjatlarni nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş va ularni yaşiriş.