Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Katta o‘zgarish!» - Tramp Kim Chen Inning bayonotiga munosabat bildirdi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning KXDRda yadroviy va raketa sinovlarini to‘xtatish haqidagi qarorini «yaxshi yangilik» deb atadi. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
«Shimoliy Koreya yadroviy sinovlarni to‘xtatish va eng yirik yadro poligonini yopishga rozi bo‘ldi. Bu KXDR va butun dunyo uchun juda yaxshi yangilik – katta o‘zgarish!» - deya yozdi Tramp.
Uning qo‘shimcha qilishicha, endi Kim Chen In bilan uchrashuvni kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatayotgani, shuningdek yadroviy sinov maydonchasini yopayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Shuningdek, Tramp va Kim Chen In qayerda uchrashishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:50 / 24.04.2026
Tramp: Putin G20 sammitiga kelsa, foydali bo‘ladi
08:55 / 23.04.2026
Politico: Tramp NATO davlatlarini “yaxshi” va “yomon”ga ajratdi
11:45 / 22.04.2026