Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh xitoylik musulmonlarni sanksiyalar yordamida himoya qilishni rejalashtirmoqda
Foto: Johannes Eisele/AFP
AQSh Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida musulmon uyg‘urlarga nisbatan ro‘y berayotgan bosim tufayli Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda davlat kotibi Mayk Pompeoning yordamchisi ma'lum qildi, deya xabar beradi Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi vaziyatni kuzatib bormoqda va tegishli choralar ko‘rishga tayyor turibdi.
Oq uyda bir necha oydan beri sanksiyalar muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi etnik ozchilik muammosiga yetarlicha e'tibor bermaganligi qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyda uyg‘urlar uchun «qayta tarbiyalash lagerlari» borligi ma'lum qilingandi.
The New York Times gazetasi Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida millionga yaqin etnik uyg‘urlar musulmonlar uchun «qayta tarbiyalash lagerlarida» qolayotgan bo‘lishlari mumkinligi haqida yozgan. Xabar qilinishicha, Xitoy hukumati ularni Xitoy tili, qonunlarini o‘rganish va ish ko‘nikmalariga ega bo‘lishga majburlamoqda; ushbu lagerlarda bo‘lishning asosiy maqsadi «odamlarning o‘zgarishi», deb atalgan.
Bundan avval esa Xitoy xorijda yashovchi uyg‘urlarni qo‘rqitayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Xitoy boshqa davlatlarda, shu jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashaydigan musulmonlar fuqarolarini doimo kuzatib bormoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026