AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati inson huquqlari buzilişi tufayli Xitoyga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi hozirgi va sobiq rasmiy şaxslarga asosan xabar berdi.
Avvalroq, gazeta Xitoyning Şinjon-Uyğur muxtor tumanida millionga yaqin etnik uyğurlar musulmonlar uçun «qayta tarbiyalaş lagerlarida» qolayotgan bölişlari mumkinligi haqida yozgandi. Xabar qilinişiça, Xitoy hukumati ularni Xitoy tili, qonunlarini örganiş va iş könikmalariga ega bölişga majburlamoqda; uşbu lagerlarda bölişning asosiy maqsadi «odamlarning özgarişi», deb atalgan.
Gazeta ma'lumotlariga köra, agar Tramp ma'muriyati yangi sanksiyalar joriy qilsa, ular Xitoyga inson huquqlarining buzilişi oqibatida qöllanilgan birinçi şunday çeklovlar böladi. Yangi sanksiyalar uyğurlarni kuzatib borişda işlatiladigan kuzatuv texnologiyalarini AQŞga yetkazib berişni çeklaşi mumkin. NYT’dan ta'kidlaşlariça, Oq uy, Moliya vazirligi va Davlat departamenti sönggi oylarda bu sanksiyalarni muhokama qilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy xorijda yaşovçi uyğurlarni qörqitayotgani ma'lum qilingandi.
Qayd etilişiça, Xitoy boşqa davlatlarda, şu jumladan, Amerika Qöşma Ştatlarida yaşaydigan musulmonlar fuqarolarini doimo kuzatib bormoqda.

















