Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA Erondagi teraktga aloqadorligini rasman inkor etdi
Birlashgan Arab Amirliklarining yuqori lavozimli rasmiysi yakshanba kuni Eronning janubi-g‘arbiy qismidagi harbiy paradga hujum uyushtirgan askarlarning maxsus tayyorgarlik ishlariga BAA aralashgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Eronning Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi rasmiy tiyib turish siyosati Ahvoz hujumidan keyin kuchaygan», dedi Anvar Jarjash .
Uning ta'kidlashicha, «Birlashgan Arab Amirliklarining terrorizm va zo‘ravonlikka qarshi tarixiy mavqei aniq va Tehronning da'volari asossiz».
Avvalroq, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qo‘shma Shtatlari Eronda beqaror vaziyat yaratishdan manfaatdor ekanligini aytib o‘tgan. Prezident bu gapni BMT Bosh assambleyasida qatnashish uchun Nyu-Yorkka parvoz qilish uchun shaylana turib bildirgan.
Tashqi ishlar vazirligi 22 sentabr kuni Ahvoz shahrida harbiy parad vaqtida amalga oshirilgan terakt tufayli Daniya va Niderlandiya elchilarini, shuningdek, Buyuk Britaniyaning muvaqqat vakilini vazirlikka chaqirgani haqida xabar berildi. Ayni paytda Ahvoz shahrida harbiy parad ishtirokchilariga hujum qilgan 4 nafar jangari yo‘q qilindi. Ta'kidlanishicha, jangarilar AQSh va Isroil razvedkalari bilan bog‘langan bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
08:50
AQSh Eronga qarshi yangi zarbalar berdi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
20:34 / 08.06.2026