Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Amerika Qöşma Ştatlari Eronda beqaror vaziyat yaratişdan manfaatdor ekanligini aytib ötgan. Reuters’ning xabariga köra, prezident bu gapni BMT Boş assambleyasida qatnaşiş uçun Nyu-Yorkka parvoz qiliş uçun şaylana turib aytgan.

Ruhoniyning fikriça, AQŞ tomonidan dastaklanayotgan Fors körfazi davlatlari Erondagi hukumatga qarşi etnik ozçiliklarga moliyaviy va harbiy kömak körsatib kelişmoqda.

«Mintaqadagi uşbu qöğirçoq davlatlar Amerika tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda va Qöşma ştatlar turli fitnalarni hosil qiliş uçun ularga kerakli mablağlarni ajratadi», — deya Eron yetakçisining sözlarini keltirmoqda agentlik .

Ruhoniy Eron sodir bölgan vaziyatga qonunçilik doirasida javob berişini ham ta'kidlab ötgan.

Ilgariroq AQŞ Ahvozda sodir bölgan teraktdan söng Eronni qöllaşini izhor etgan edi.

22 sentabr şanba kuni ertalab Eronning janubiy-ğarbiy qismidagi Ahvoz şahrida harbiy paradda qatnaşayotganlarga terrorçilik hujumi uyuştirildi. Hujum natijasida 29 kişi halok bölgan, 50dan ziyod kişi jabrlangan.

Terakt uçun mas'uliyatni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga olgan, biroq Tehrondagilar IŞIDning bunga aloqasi yöqligini ta'kidlaşmoqda. Eron hukumati ma'lum qilişiça, «Ahvozdagi arab vatanparvarlari demokratik harakati» guruhi a'zolari uşbu teraktni sodir etgan.