Eronning Ahvoz şahrida harbiy parad iştirokçilariga hujum qilgan 4 nafar jangari yöq qilindi. Ta'kidlanişiça, jangarilar AQŞ va Isroil razvedkalari bilan boğlangan bölgan. Bu haqda Eron qurolli kuçlari vakili Abulfazl Şakarçi ma'lum qilgan.
Uning ma'lum qilişiça, 3 terrorçi voqea joyida, yana bir nafari şifoxonada jon bergan.
Şakarçi jangarilar IŞID bilan boğlangani haqidagi xabarni rad etgan. Uning ta'kidlaşiça, jangarilar Fors körfazining yana ikki davlati tomonidan moliyalaştirilgan.
Ahvozdagi terakt 22 sentabrda ertalab harbiy parad vaqtida sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, jangarilarning parad iştirokçilarini öqqa tutişi oqibatida 29 kişi halok bölgan, 53 kişi yaralangan.
IRNA axborot agentligining ma'lum qilişiça, otişmani tribuna ortida harbiy kiyimda bölgan 4 kişi amalga oşirgan. Otişma 10 daqiqa davom etgan.

















