Eron Taşqi işlar vazirligi 22 sentabr kuni Ahvoz şahrida harbiy parad vaqtida amalga oşirilgan terakt tufayli Daniya va Niderlandiya elçilarini, şuningdek, Buyuk Britaniyaning muvaqqat vakilini vazirlikka çaqirdi. Bu haqda The Guardian xabar tarqatgan.

Eronlik diplomatlar uşbu mamlakatlarda terakt sodir etgan guruhlar yaşiringani haqida protest yöllaşgan. Eron tomoni jinoyatçilar va ularning şeriklarini yöq qilişga çaqirgan.

Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Bahrom Qosimiy Yevropa Ittifoqi bu guruhlarni «Yevropada terakt sodir etmagani uçungina» terroristik guruhlar safiga kiritmaganidan arz qilgan.

22 sentabr kuni Ahvozdagi harbiy terakt vaqtida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 29 kişi halok böldi.

Uşbu terakt uçun IŞID hamda Saudiya Arabistoni bilan aloqadorligi gumon qilinadigan «Ahvozdagi arab vatanparvarlari demokratik harakati» guruhi öz zimmasiga oldi.