Sport | 21:35 / 19.12.2018
12688
1 daqiqa o‘qiladi

Sport TV Osiyo Kubogini to‘liq namoyish qiladi

Sport TV telekanali Osiyo Kubogi – 2019 musobaqasini O‘zbekiston hududida namoyish qilish huquqini sotib oldi.

5 yanvar – 2 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan turnirning barcha 51ta o‘yini o‘zbekistonlik muxlislarga taqdim qilinadi.

Barcha o‘yinlar jonli efirda namoyish qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogida tarixda ilk marotaba 24ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Ummon va Turkmaniston bilan bir guruhdan joy olgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid