Din işlari böyiça qömita joriy yil 7 mart kuni Umra litsenziyasini oliş uçun tadbirkorlik sub’yektlaridan yangi arizalar qabuli boşlanganini ma’lum qildi. Sohadagi litsenziyalovçi vakolatli organ etib belgilangan qömita uşbu yangilik haqida faqat rasmiy saytida yozgan. Aholi eng köp foydalanadigan ijtimoiy tarmoqlarda qömitaning rasmiy sahifalarida bu haqda ma’lumot berilmagan.

Ma’lum qilinişiça, «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş faoliyati uçun yakka tartibdagi litsenziya yuridik şaxslarga taqdim etiladi. Lisenziyani oliş uçun taqdim qilinadigan hujjatlar:

1) Quyidagi ma’lumotlar körsatilgan ariza:

  • yuridik şaxsning nomi va taşkiliy-huquqiy şakli, joylaşgan yeri (poçta manzili), faoliyatni amalga oşiriş joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaraği, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va şartlariga rioya qilişga roziligi;
  • tadbirkorlik sub’yekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tuğilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovçi ID-karta) ma’lumotlari.

2) Lisenziya talabgori tomonidan Din işlari böyiça qömitaning «Ziyorat» jamğarmasiga 1 million AQŞ dollari ekvivalentidan kam bölmagan miqdordagi mablağlarning tölanganini tasdiqlovçi hujjat;

3) «Umra» tadbirlari davomida ziyoratçilarga guruh rahbari etib diniy bilim va könikmalarga ega mutaxassisni jalb qiliş böyiça Özbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan şartnoma nusxasi;

4) «Umra» xizmatlari körsatiş böyiça Saudiya Arabistoni Podşohligi Haj va Umra vazirligining «Umra» litsenziyasiga ega bölgan hamkor taşkilot örtasida imzolanadigan şartnoma nusxasi;

5) Ziyoratçilarni taşiş va parvozlarni amalga oşiriş böyiça aviakompaniya(lar) bilan tuzilgan hamkorlik şartnomasi nusxasi;