“Sirğali” bojxona postida xorijdan keltirilgan 11 turdagi avto ehtiyot qismlari aslida bir butun holdagi tovar – samosval ekani foş böldi, deya xabar tarqatdi Bojxona qömitasi.

“Transport vositasini qismlarga ajratib göyoki avto ehtiyot qism niqobi ostida olib kirişga uriniş orqali yuk egasi 800 mln sömlik bojxona tölovlarini “tejamoqçi” bölgan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Qömita e’lon qilgan videoda samosvalning qismlari bojxona ombori hovlisida yiğilib, tayyor transport vositasiga aylantirilgani va yura boşlagani körinadi.

Bojxona ombori hududida ehtiyot qismlardan yiğilgan samosval

Iqtisodçi Otabek Bakirov bu holatga munosabat bildirib, Özbekistonda samosvallar uçun 70 foiz va yana har bir kub motor hajmi uçun 3 dollarlik boj örnatilganini qayd etdi.

U, şuningdek, xuddi şunday samosvallar Samarqanddagi yuk maşinalari zavodida ham yiğilişiga e’tibor qaratdi. Bakirovning fikriça, yuqori bojlar aynan şu “işlab çiqaruvçi”ni himoya qiliş uçun joriy etilgan

“Bojxona qömitasiga taşakkur deyman. Çunki ular Özbekistonning 34 yillik “mahalliylaştiriş” yolğonlarini bitta video bilan oçib taşlaşdi. Çunki bunaqa yolğonlar faqat samosvallar bilan tugamaydi-da!” – deya yozdi iqtisodçi.

Nyu York universiteti professori, iqtisodçi Behzod Hoşimovning sözlariga köra, bunday holatning röy berayotgani – savdo va sanoat siyosatidagi xatolardan darak beradi.

“Agar men Özbekistonda savdo siyosati yoki umuman sanoat siyosatiga mas’ul şaxs bölganimda, bu voqeadan uyalar edim”, dedi u.

Uning qayd etişiça, yuk maşinalarining qimmatligidan har bir özbekistonlik iqtisodiy zarar köradi.